Ford cobiq Apple marketing rahbarini ishga yolladi

Ford cobiq Apple marketing rahbarini ishga yolladi

Avvalroq Apple marketing menejerini lavozimida mehnat qilgan Musa Tariq Ford kompaniyasi vitse-prezidenti lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda IXBT nashri.

U avtomobilsozlik kompaniyasida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limini boshqarishi va butun dunyo bo‘ylab Ford  brendining ommalishishiga hissa qo‘shishi ma’lum qilingan.

2014 yilning avgust oyidan boshlab  Musa Tariq Apple kompaniyasida marketing direktori vazifasini egallagan va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limini boshqargan. U “Olma”dagi faoliyati davomida 490 ta Apple do‘konlarining ishini takomillashtirgan va 65 ming xodimning mehnat sharoitlarini yaxshilagan bir qator innovatsiyalarni tatbiq etgan.

Ungacha Tariq Nike kompaniyasida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga rahbarlik qilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.