Fortnite’da bolalarni o‘ldirishyapti – buni ota-onalarning o‘zlari iltimos qilishmoqda! (+video)

  •   DiMaX
  •  1535
  •  15.03.2019 13:55

Fortnite’da bolalarni o‘ldirishyapti – buni ota-onalarning o‘zlari iltimos qilishmoqda! (+video)

Keyingi paytlarda videoo‘yinlar juda rivojlanib, aksariyat yoshlar ularga qiziqib ketgan. Biroq bu borada chegaradan chiqib, o‘yinga juda berilish oqibatida boshqa ishlari, o‘qishlari chala qolib ketayotganlar ham ko‘p.

O‘QING: Ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri – Fortnite va boshqa kompyuter o‘yinlari ekan!

Ko‘pincha bolalar va o‘smirlar Fortnite o‘yiniga qiziqib, oila davrasidagi tushlikka ham kelmay qo‘yishmoqda. Buyuk Britaniyadagi Aldi supermarketlar tarmog‘i shunday xonadonlar uchun Teatime Takedown nomli antiqa aksiya e’lon qildi.

Aksiyaga ko‘ra, videoo‘yindan ajrala olmayotgan bolalarning ota-onalari maxsus telefon raqami orqali Aldi’ga murojaat etishadi. Ular bolakayni o‘yindan ajratish kerak bo‘lgan sana va soatni ma’lum qilishadi hamda boshqa kerakli ma’lumotlarni berishadi. Aldi esa o‘sha mahalda professional geymerlarni Fortnite o‘yiniga kiritadi – ular bolaning profilini topib, uni tezda «o‘ldirishadi». Bordiyu u yana o‘yinga qo‘shilsa, zudlik bilan o‘yin boshidanoq mag‘lub etishadi. Keyin u noiloj o‘yinni to‘xtatib, oilasi bag‘rida ovqatlanishga qo‘shiladi.

O‘QING: «Momo» yana kuchaya boshladi, lekin YouTube unga qarshi kurashning zo‘r yo‘lini topdi!

Mana, Teatime Takedown aksiyasiga bag‘ishlangan videoni ko‘ramiz:

Ajoyib usul ekan, nima dedingiz?

O‘QING: 18 yashar yigitcha smartfon va o‘yin sababli o‘z joniga qasd qildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.