Fortnite foydalanuvchilari o‘zga sayyoraliklar hamlasiga uchradi! (+video)

  •   DiMaX
  •  771
  •  03.06.2021 17:23

Fortnite foydalanuvchilari o‘zga sayyoraliklar hamlasiga uchradi! (+video)

«Shohona jang» janridagi Fortnite o‘yini Android-qurilmalar uchun 2018 yiliyoq taqdim etilgan, ammo boshida faqat Samsung gadjetlari uchun chiqqan – uni Galaxy Store’dan o‘rnatib olishlari mumkin edi. Keyinroq esa «yashil robotchali» devayslarga uni ishlab chiqqan Epic Games rasmiy sayti orqali ham tarqatishgan. O‘tgan yilning bahoriga kelib esa...

O‘QING: Eng ommabop o‘yin Google Play’ga ham chiqdi – endi bemalol olib o‘ynang! (+video)

Fortnite o‘yini chiqqaniga to‘rt yil to‘layotgan esa-da, Epic Games haliyam undan yaxshigina daromad ko‘rib kelmoqda. Shu boisdan studiya ushbu mahsuloti uchun noodatiy yangilanishlarni chiqarishda davom etayotir.

Bu gal o‘yin ijodkorlari geymerlar uchun kosmik ko‘lamdagi yangilanishni tayyorlashdi – unda o‘zga sayyoraliklar hujumiga qarshi jang qilishga to‘g‘ri keladi:

Epic Games allaqachon mazkur o‘yinning ayrim joylariga NUJlar bilan bog‘liq tizerlar qo‘sha boshlagan. Masalan, match davomida bulutlardan allaqanday nur tushadi va yaxshi o‘ynamayotgan geymerni o‘g‘irlab ketadi. Aniqrog‘i – ularni xaritaning boshqa joyiga olib borib tashlashadi.

Eslatib o‘tamiz, Fortnite’ning joriy mavsumi 7 iyundayoq yakuniga yetadi. O‘zga sayyoraliklar esa keyingi mavsumdanoq mazkur o‘yinga qo‘shilsa kerak.

O‘QING: SENSATsIYa: Pentagon haqiqiy NUJlar aks etgan uchta videoyozuvni rasman oshkor qildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!