Fortnite, Minecraft, PUBG, Dota 2 va boshqa o‘yinlar bir soatda qancha megabaytingizni «yeb qo‘yadi»?

  •   DiMaX
  •  4573
  •  18.08.2020 13:55

Fortnite, Minecraft, PUBG, Dota 2 va boshqa o‘yinlar bir soatda qancha megabaytingizni «yeb qo‘yadi»?

O‘yinlar industriyasi ko‘p foydalanuvchi ishtirokidagi onlayn o‘yinlar sari kengayib bormoqda. Internet orqali o‘ynaganda qancha trafik sarflanishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

O‘QING: Android uchun ham Civilization VI strategiya o‘yini chiqdi, tag‘in boshida bepul! (+video)

Whistleout sayti ommabop onlayn o‘yinlarning har soatda qancha megabayt sarflashini hisoblab chiqdi. Ular orasida Destiny 2 eng ochofati ekan – soatiga 300 megabaytgacha trafikni «g‘ajib tashlar» ekan! Uning ortidan 250 megabaytlik ko‘rsatkich bilan Counter-Strike: Global Offensive kelayotgan bo‘lsa, kuchli uchlikni soatiga 135 megabaytlik «ishtahasi» bilan Overwatch yakunlab bergan.

Xullasi kalom, eng ommabop o‘yinlardan ayrimlarining bir soatda o‘rtacha qancha trafik talab etishini quyidagi ro‘yxatda ko‘ramiz:

  1. Fortnite — 100 MB
  2. PlayerUnknown's Battlegrounds (PUBG) — 40 MB
  3. Dota 2 — 120 MB
  4. Counter-Strike: Global Offensive — 250 MB
  5. Team Fortress 2 — 80 MB
  6. Call of Duty: World War II — 40 MB
  7. Call of Duty: Black Ops 4 — 80 MB
  8. Overwatch — 135 MB
  9. Battlefield V — 100 MB
  10. World of Warcraft — 40 MB
  11. Monster Hunter: World — 30 MB
  12. Destiny 2 — 300 MB
  13. League of Legends — 45 MB
  14. Warframe — 115 Mb
  15. Grand Theft Auto V Online — 60 MB
  16. Rainbow Six Siege — 70 MB
  17. Rocket League — 40 MB
  18. Hearthstone — 3 MB
  19. Minecraft — 40 MB
  20. Teamfight Tactics — 60 MB
  21. Final Fantasy XIV — 20 MB
  22. Sea of Thieves — 30 MB

Eslatib o‘tamiz, internetda turli rejimlarda video ko‘rganda qancha trafik sarflanishini mana bu, onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketishini esa ushbu maqolalarimizda bilib olishingiz mumkin.

O‘QING: Ommabop jangovar o‘yinni 19 avgustgacha naq to‘rtta platformadan istalgan birida bepul o‘ynang!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!