Fortnite o‘yini sayyoramizning eng gavjum mamlakatlari o‘ntaligiga kirdi!

  •   DiMaX
  •  731
  •  28.11.2018 18:13

Fortnite o‘yini sayyoramizning eng gavjum mamlakatlari o‘ntaligiga kirdi!

Bloomberg agentligining xabar berishicha, Fortnite’da ro‘yxatdan o‘tgan kishilar soni 200 millionga yetib qolgan. Keyinroq mazkur o‘yinning ishlab chiquvchilari ham ushbu faktni tasdiqlashdi.

O‘QING: Hayratga arzirli raqam: Fortnite’ni bir vaqtning o‘zida nechta geymer o‘ynaydi?

Shu tariqa, Fortnite geymerlarining soni dunyodagi ko‘pgina mamlakatlarning aholisidan oshiq. Shu tariqa, u sayyoramizdagi eng «gavjum joylar»dan biriga aylangan.

Ayni damdagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, aholi soni eng ko‘p mamlakatlar reytingida Fortnite sakkizinchi o‘rinni olgan bo‘lardi. Undan oldinda faqat Xitoy, Hindiston, AQSh, Indoneziya, Braziliya, Pokiston va Nigeriya turibdi, xolos. Tag‘in bulardan Nigeriya aholisi ushbu o‘yin ishtirokchilaridan atigi 3 millionga oshiq, buyam hozircha...

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Fortnite o‘yinida ro‘yxatdan o‘tganlar soni joriy yilning iyunidan buyon 60 foizga oshgan.

O‘QING: Fortnite’ni endi istalgan Android-qurilmada o‘ynash mumkin, faqat...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!