Fortune 500 reytingi: Apple sof foyda bo‘yicha birinchi o‘rinda!

  •   DiMaX
  •  662
  •  03.08.2021 12:48

Fortune 500 reytingi: Apple sof foyda bo‘yicha birinchi o‘rinda!

Nufuzli va mashhur nashrlardan sanalmish Fortune jurnali avvalroq 2021 yili eng hurmatli kompaniyalar reytingini chiqargan edi. Endi esa u jahondagi eng yirik kompaniyalarning daromadlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

O‘QING: Dunyoning eng qimmat brendlari: Global 500 reytingida lider almashdi!

Yangi e’lon qilingan Fortune 500 reytingida Walmart kompaniyasi yetakchi bo‘lib turibdi. Uning so‘nggi moliya yilida olgan umumiy daromadi 559,151 milliard AQSh dollariga teng. Buning ustiga, u ikkinchi o‘rin sohibidan yirik farq bilan ajralib turibdi. Xitoyning elektrotarmoq kompaniyasi bo‘lmish State Grid bir yilda 386,618 mlrd dollar daromad ko‘rgan. Kuchli uchlikka yana onlayn savdo giganti Amazon ham kirgan – 386,064 mlrd dollar.

Fortune 500 reytingining yuqorisidan joy olgan TOP-10 kompaniya ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan:

Biroq, o‘tgan moliyaviy yilda olgan umumiy daromadiga emas, balki sof foydasiga qaralsa, vaziyat o‘zgacha: Walmart – 13,510 mlrd dollar, State Grid — 5,580 mlrd dollar, Amazon — 21,331 mlrd dollar.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha olganda Apple eng yirik – 57,411 milliard dollarlik sof foyda bilan yetakchi bo‘lib turibdi. Umumiy daromadi miqdoriga ko‘ra esa u 274,515 mlrd dollar bilan atigi oltinchi pog‘onadan joy olgan.

O‘QING: «O‘zbekistonda 150 ming dollar topadigan frilanser bor» – IT-Park direktori