Forza Street poygasi taqdim etildi, u barcha smartfonlarga ham chiqadi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1224
  •  17.04.2019 10:54

Forza Street poygasi taqdim etildi, u barcha smartfonlarga ham chiqadi! (+video)

O‘zining mobil platformasini to‘xtatgach, Microsoft korporatsiyasi smartfonlar uchun turli dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqarishga o‘tganidan xabaringiz bor. Shuningdek, Windows tizimi uchun dasturlarini ham qo‘llab-quvvatlashni, yangilarini taqdim etishni to‘xtatgani yo‘q.

O‘QING: Microsoft Edge brauzeri WebCore asosida yangilandi: endi u ruschada ovozli o‘qishni ham eplaydi!

Mazkur kompaniya kuni kecha Forza Street nomli poyga o‘yinini kompyuterlar uchun taqdim etdi. Shuningdek, uning mobil versiyasini ham tayyorlayotganini aytib, treylerini namoyish qildi.

Forza Street poygasi «shartli bepul» asosda tarqatiladigan dasturiy ta’minotdir. Unda o‘yinning o‘zi bepul, lekin navbatdagi avtomobilni xarid qilish vaqtini qisqartirish uchun haq to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Mana, uning rasmiy treylerini tomosha qilamiz:

Mazkur poyga mashhur NFS: Underground o‘yinini ham eslatib yuboradi, o‘yin jarayoni esa juda qiziqarli. Forza Street’ning kompyuter versiyasini o‘ynab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin. Android hamda iOS uchun esa bu poyga shu yilning oxirigacha taqdim etiladi.

O‘QING: Dota 2 bo‘yicha jahon chempionlarini Ilon Mask «sun’iy ong»i tor-mor etdi! (+videolar)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.