"Ijtimoiy tarmoqlar tarixida birinchi marta foydalanuvchi nomlari uchun adolatli, shaffof bozor tashkil etildi" - Durov

Va'da qilganidek, Pavel Durov Telegram yuzerneymlarini sotib olish imkonini beradigan alohida platforma - Fragment'ni ishga tushirilganligini e'lon qildi. Uning ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlar tarixida birinchi marta foydalanuvchi nomlari uchun adolatli, shaffof bozor tashkil etildi.

"Nihoyat, odamlar markazlashtirilmagan blokcheyn tarmog'ining o'zgarmas kitobida himoyalangan ijtimoiy media manzillariga egalik qilishadi." deydi Durov.

Shuningdek, Durov tez kunda foydalanuvchilarga ham o'z yuzerneymlarini sotish imkonini yaratishni va'da qildi va bu hali boshlanishi ekanligini - kuch foydalanuvchilar qo'liga o'tishni boshlaganini aytdi.

Shunday qilib, endi siz Fragment platformasida o'zingiz, guruhingiz yoki kanalingiz uchun Telegram yuzerneymlarini sotib olishingiz mumkin. Platformada foydalanuvchi nomlari bir haftalik auksionga qo'yiladi va u uchun qo'yilgan eng yuqori taklif qabul qilinadi. Durov aytganidek, tez kunda siz o'z yuzerneymingizni ham Fragment'da sota oladigan bo'lasiz.

O'QING: Telegram'da ilk pulli post paydo bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.