Foydalanuvchilar 12 yildan beri kutayotgan imkoniyat Twitter’ga joriy etiladi!

  •   DiMaX
  •  713
  •  13.11.2018 13:58

Foydalanuvchilar 12 yildan beri kutayotgan imkoniyat Twitter’ga joriy etiladi!

Twitter mikrobloglar ijtimoiy tarmog‘i 2006 yilning 15 iyulida ommaviy foydalanishga taqdim etilgan. Ammo boshqa aksariyat tarmoqlar va messenjerlarda mavjud bo‘lgan bitta imkoniyat shuncha paytdan buyon unga joriy etilmagan.

O‘QING: Twitter’ga muhim bir funksiya qo‘shildi

Kuni kecha Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda Twitter asoschisi Jek Dorsi mazkur tarmoqqa ham ushbu funksiya joriy etilishi mumkinligini aytdi. Bu yerda gap e’lon qilingan tvitni keyin tahrirlash imkoniyati haqida ketmoqda.

 «Foydalanuvchilarimiz o‘z tvitlarini to‘g‘rilashni istashadi, chunki ko‘pincha xatolar qilib turishadi», degan Dorsi.

Ammo kompaniya publikatsiyalardagi matnlarni cheksiz to‘g‘rilayverish funksiyasini tatbiq etmaydi. Shunchaki, tvit e’lon qilinganidan keyingi bir necha soat ichida unga bir-ikkita o‘zgarish kiritish mumkin bo‘ladi.

Twitter’da postlarni tahrirlash imkoni qachon taqdim etilishiga esa kompaniya aniqlik kiritmagan.

O‘QING: Obamaning Twitter'dagi yangi fikri rekord o‘rnatdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!