Foydalanuvchilar pulli Telegram'da nimalar bo'lishini xohlashadi?

Foydalanuvchilar pulli Telegram'da nimalar bo'lishini xohlashadi?

Telegram'ning navbatdagi yangilanishida uning Premium obunasi ham ishga tushirilishi allaqachon ma'lum bo'ldi. Hatto pulli xizmatning ko'proq reaksiyalar va to'liq ekranli, eksklyuziv stikerlar kabi funksiyalari haqida ham bilib oldik. Lekin Telegram foydalanuvchilari uning Premium xizmatidan ko'proq nimalarni kutishmoqda? Qanday funksiyalar pul to'lash uchun arziydi? Quyida Telegram Premium obunasiga qo'shilishi taklif qilinayotgan top 10 xususiyatlar ro'yxati bilan tanishamiz:

  1. Rasmiy reklamalarning o'chirilishi;
  2. Platformaga 2 GB dan ortiq hajmdagi fayllar yuklash imkoniyati;
  3. Har bir akkaunt uchun 10 tadan ortiq username band qilish;
  4. Profilni uchun shaxsiy va ommaviy avatar yaratish;
  5. Emoji yordamida profil statusi;
  6. Guruh va kanallar uchun yanada batafsil statistika;
  7. Kanal uchun bittadan ko'proq chat guruhi ulash;
  8. Discord'da bo'lgani kabi guruhlarda xonalar va qo'shimcha guruhlar yaratish;
  9. Botlarni joylashtirish uchun Telegram serverlari;
  10. Ovozli xabarlarni matnga o'girish xususiyati;

Hozircha, pulli Telegram obunasi narxi va unda bo'ladigan funksiyalarning to'liq ro'yxati mavjud emas. Yuqorida keltirilgan ro'yxatdagi xususiyatlar Telegram Info tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra olingan va ularning Premium obunaga qo'shilishi biroz noma'lum.

Bundan oldin Telegram'ga yangiliklar lentasiavatar yaratuvchi va kanal boshqaruvchilari uchun foydali funksiya qo'shilayotgani ma'lum bo'lgan edi.

O'QING: YouTube Go bilan xayrlashib oling