Foydalanuvchilarning mobil ilovalarga sarflagan pul miqdori 2021-yilda 133 milliard dollarga yetdi

Foydalanuvchilarning mobil ilovalarga sarflagan pul miqdori 2021-yilda 133 milliard dollarga yetdi

2021-yil nihoyasiga yetar ekan, so‘nggi 12 oy ichida sodir bo‘lgan muhim voqealarga oid ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. SensorTower mobil ilovalar uchun yillik xarajatlar hisobotini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Android va iOS foydalanuvchilari 2020-yilga nisbatan bu yil ilovalarga ko‘proq pul sarflashmoqda. 

2021-yilda mobil ilovalar uchun sarflangan umumiy summa 133 milliard dollarga yetdi, bu 2020-yildagi 111.1 milliard dollarga nisbatan qariyb 20 foizga ko‘pdir. Ushbu hisob-kitoblar 2021-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha amalga oshirilgan xarajatlar asosida tuzilgan. 

Apple App Store 85.1 milliard dollar bilan hali ham umumiy summaning katta qismiga egalik qilmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, foydalanuvchilarning sarf-xarajati o‘tgan yilgiga nisbatan 17.7% ga oshgan. 

Google Play Store so‘nggi 12 oy ichida 47.9 milliard dollar ishlab topdi, bu 2020-yildagi umumiy ko‘rsatkichga nisbatan 23.5% ko‘p demakdir. Hozirgi holatga ko‘ra, App Store platformasi Google Play'ga nisbatan 1.8 baravar ko‘p daromad ko‘rdi. 

2021-yilda ikkala platformadan ilovalarni ko‘chirib olish soni 0.5% ga oshdi, Google Play'dan jami 111.3 milliard marta ilova yuklab olingan bo‘lsa, App Store'dan jami 32.3 milliard marta tur xil ilovalar yuklab olingan. 

TikTok ilovasi 2021-yilda iOS va Android operatsion tizimlarida eng ko‘p yuklab olingan ilova bo‘ldi. Meta kompaniyasining Facebook, Instagram, WhatsApp ilovalari esa keyingi o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, Telegram, Snapchat, Zoom, CapCut va Spotify kuchli o‘ntalikdan o‘rin oldi. 

SensorTower'ning hisob-kitoblariga ko‘ra, TikTok yil oxirigacha 2.3 milliard dollar bilan eng katta foyda keltirgan ilovalar reytingida birinchi o‘rinni egallaydi. 

O‘QING: Turli narx toifalaridagi eng zo‘r Android smartfonlar beshta reytingda  

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!