Foydali klaviatura kombinatsiyalari

Foydali klaviatura kombinatsiyalari

Sichqonchani ekranda harakatlantirgandan ko‘ra, ma’lum bir klaviatura kombinatsiyasini bajarish vaqtni tejashga yordam beradi. Bu unchalik ko‘p vaqti tejamasligi mumkin, ammo kunlik, haftalik yoki oylik ketgan vaqtni hisoblasangiz, ancha vaqtni tejagan bo‘lasiz. 

Shuning uchun imkon qadar ko‘proq kombinatsiyalarni bilish muhimdir. Ushbu qisqa klaviatura buyruqlarini bir necha marta sinab ko‘ring va bu qanchalik foydali ekanligini bilib olasiz. Quyida Microsoft Windows kompyuterlari uchun eng foydali klaviatura kombinatsiyalari bilan tanishmiz.

Oddiy kombinatsiyalar

Ctrl+Z: Ortga qaytish

Qaysi dasturni ishga tushirishingizdan qat’i nazar, Ctrl+Z oxirgi amalingizni orqaga qaytaradi. Microsoft Word dasturida noto‘g‘ri so‘zni yozgan bo‘lsangiz yoki tasodifan biror so‘zni o‘chirib tashlagan bo‘lsangiz bu kombinatsiya sizga yordam beradi.

Ctrl+W: Yopish

Deyarli hamma joyda ishlaydigan yana bir kombinatsiya Ctrl+W bo‘lib, bu amal ekrandagi joriy ilovani yopadi.

Ctrl+A: Hammasini belgilash

Ushbu buyruq bilan barcha matnni yoki papka ichidagi barcha fayllarni belgilash mumkin.

Alt+Tab: ilovadan ilovaga o‘tish

Ushbu buyruq bir necha ilovalar bilan ishlashda qo‘l keladi. Alt+Tab tugmalarini bosish orqali ochiq turgan bir ilovadan ikkinchisiga o‘tish mumkin.

Alt+F4: Ilovani yopish

Albatta, bu kombinatsiya ko‘pchilikla ma’lum. Ushbu buyruq orqali joriy ilovani yopish mumkin. 

Windows navigatsiya kombinatsiyalari

Windows+D: Ish stolini ko‘rsatish yoki yashirish

Ushbu klaviatura kombinatsiyasi barcha ochiq oynalarni minimallashtiradi hamda ekranning bosh sahifasiga olib boradi. Agar siz ish stolingizda bir qator fayllar va yorliqlarni saqlasangiz, Win+D bir necha daqiqada ularga kirish imkonini beradi.

Windows+chap strelka yoki Windows+o‘ng strelka: oynalarni yopishtirish

Bu amal ikkita oynani yonma-yon solishtirish imkonini beradi va kompyuter ish stolini tartibli saqlaydi.

Windows+Tab: Vazifa oynasini ochish

Alt+Tab kabi bu kombinatsiya ham ilovadan ilovaga o‘tish imkonini beradi, lekin unda ekrandagi barcha ochiq dasturlarning eskizlari ko‘rsatiladi.

Ctrl+Esc: Boshlash menyusini ochish

Agar siz Windows tugmachasi bo‘lmagan klaviaturadan foydalansangiz, ushbu kombinatsiya Boshlash menyusini ochadi. Windows tugmasining o‘zi ham xuddi shu vazifani bajaradi. 

Boshqa kombinatsiyalar

F2: nomni o‘zgartirish

Faylni belgilang va unga yangi nom berish uchun F2 tugmasini bosing. Bu buyruq matnni boshqa dasturlarda ham tahrirlash imkonini beradi — masalan, Microsoft Excel dasturida F2 tugmasinini bosing va siz kursordagi katak tarkibini tahrirlashingiz mumkin bo‘ladi.

F5: Yangilash

Ushbu tugma sahifani yangilaydi - File Explorer yoki veb-brauzerdan foydalanganda sahifani yangilash uchun F5 tugmasi bosiladi.

Windows+L: Ekranni bloklash

Ushbu tugmalar bosilganda tizim bloklanadi va uni o‘zingiz qo‘ygan parol bilan ochishingiz mumkin.

Windows+I: Sozlanmalar panelini ochish

Tezkorlik bilan sozlanmalar panelini ochmoqchi bo‘lsangiz, ushbu tugmalarni bosing. Windows+A esa harakatlar markazi paneli ochadi. U yerda so‘nggi bildirishnomalarni ko‘rishingiz mumkin.

Windows+S: Qidirish

Windows vazifalar panelida Cortana assistentini tekshirish yoki ilovalar va saqlangan fayllarni saralash imkonini beruvchi qulay qidiruv maydoni mavjud. Ushbu klaviatura kombinatsiyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qidiruv paneliga o‘ting, so‘ngra qidiruv so‘zni kiriting.

Windows+PrtScn: Skrinshotni saqlash

Windows+PrtScn butun ekranni suratga olib uni PNG fayli sifatida Skrinshotlar papkasiga saqlaydi. Shu bilan birga, Windows ham tasvirni vaqtinchalik xotiraga ko‘chiradi. Alt+PrtScn kombinatsiyasi esa faqat faol oynaning skrinshotini oladi, lekin u faqat bu tasvirni vaqtinchalik xotiraga ko‘chiradi, shuning uchun siz saqlangan faylni ko‘ra olmaysiz.

Ctrl+Shift+Esc: Vazifa menejerini ochish

Vazifa menejeri - bu tizimda ishlayotgan barcha ilovalarni ko‘rsatib turadi. Ushbu kombinatsiya qaysi ilovadan foydalansangiz ham, vazifa menejerini chaqiradi.

Windows+C: Cortana'ga ovozli buyruq berish

Ushbu kombinatsiya Cortana assistentini chaqiradi, lekin assistentini chaqirish uchun uni oldin faollashtirishingiz kerak. Assistentni faollashtirib bo‘lganingizdan so‘ng, Windows+C tugmalarini bosish yoki «Hey Cortana» deyish orqali assistentni chaqirish mumkin. 

Windows+X: Yashirin menyuni ochish

Windows tizimida tezkor ulanish menyusi deb ataladigan yashirin boshlash menyusi mavjud bo‘lib, u tizimning barcha asosiy joylariga kirish imkonini beradi. Bu yerdan tizimga biriktirilgan printer yoki klaviatura va boshqa qurilmalarni ko‘rib chiqish va sozlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilma menejeriga o‘tishingiz mumkin. 

O‘QING: Shaxmat roboti o‘yin vaqtida yetti yoshli raqibining barmog‘ini sindirdi