FQB: Koronavirus fonida kiberhujumlar 4 barobar ko‘paydi

FQB: Koronavirus fonida kiberhujumlar 4 barobar ko‘paydi

AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FQB) ning ma’lum qilishicha, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon kiberjinoyatlar sodir etish holatlari 300 foizga oshgan.

Byuroning Internet-jinoyatlar shikoyat markazining hisobot berishicha, markazga hozirda kuniga 3 000 tadan 4 000 tagacha shikoyat kelih tushmoqda; COVID-19 tarqalishidan oldin esa bu ko‘rsatkich 1 000 ta atrofida bo‘lar edi.

Jinoiy holatlarning keskin oshgani hozirda deyarli barcha faoliyat turlari onlayn amalga oshirilayotgani, avvallari internetdan ko‘p foydalanmaganlar xavfsizlik choralaridan yaxshi xabardor emasligi bilan qisman bog‘liq. Kiberhujumchilar, ayniqsa, COVID-19 ustida tadqiqot olib borayotgan tashkilotlarni nishonga olmoqda.

The Hill nashri FQBning Kiber bo‘limi direktor o‘rinbosari Tonya Ugoretsdan iqtibos keltirishicha: «Odamlarda virus haqidagi ma’lumotlarga, masalan, vaksinaga, bo‘lgan qiziqish juda katta. Shuning uchun ham, COVID ustida tadqiqot olib borayotgan tashkilotlar faoliyatiga razvedkachilarning aralashuvi ko‘paydi».

Kiberhujumlar, ayniqsa, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti hamda Salomatlik va Aholiga Xizmat Ko‘rsatish Departamenti kabi sog‘liqni saqlash tashkilotlariga qarata amalga oshirilmoqda.

Internet-jinoyatlar shikoyat markazining kuzatuvlari natijasida COVID-19 niqobi ostida internet foydalanuvchilari elektron pochtalariga virusli xabarlar ham jo‘natilmoqda. Bu xabarlar tarkibida xavfli saytlarga havolalar bor. Germaniya hukumati ham xuddi shunday qalloblar hiylasiga uchib, COVID-19 uchun ajratgan mollionlab yevro mablag‘ini yo‘qotgan bo‘lishi ehtimoli bor.

O‘QING: «COVID-19 Challenge 2020» tanloviga 600 ta ariza topshirildi