Fragment auksionida ilk Telegram yuzerneymi salkam 1.5 million dollarga sotildi

Fragment auksionida ilk Telegram yuzerneymi salkam 1.5 million dollarga sotildi

Bir hafta avval Telegram o'z foydalanuvchi nomlarini Fragment platformasida o'tkaziladigan auksionda sotishni boshlagan edi. So'nggi ikki kunda esa 50 dan ortiq yuzerneymlar sotildi.

Sotilganlar orasida @auto eng qimmat yuzerneym bo'lib, u 2-noyabr kuni 900,000 TON yoxud ≈1 million 423 ming dollar narxda sotilgan. Aytish kerakki, u platformaga 10,000 TON narxida joylangan edi. Navbatda quyidagi yuzerneymlar ham yaxshigina narxda sotilgan:

  • @bank - 850,000 TON (1.326.000 dollar)
  • @avia - 800,000 TON (1.288.000 dollar)
  • @chat - 700,000 TON (1.127.000 dollar) 
  • @fifa - 600,000 TON (954.000 dollar)

Shuningdek, sotilgan yuzerneymlar orasida @amazon (262,500 TON), @adidas (250,000 TON) , @dior (115,000 TON), @armani (115,000 TON) va @chanel (90,000 TON) kabi brend nomlari ham bor.

Hozircha ushbu yuzerneymlar bilan Telegram'ning o'zida profil, guruh yoki kanal tomonidan band qilinmagan.

Yaqinda messenjer rahbari, Pavel Durov tez kunda oddiy foydalanuvchilar ham o'z yuzerneymlarini sotish imkoniga ega bo'lishlarini aytgan edi.

O'QING: Uchta maktab o‘quvchilari va Telegram'dagi eng yirik firibgarlik hikoyasi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!