Fragment auksionida yangi rekord!

Fragment auksionida yangi rekord!

Telegram foydalanuvchi nomlari auksion orqali sotiladigan fragment.com platformasida narx bo'yicha yangi rekord o'rnatildi – @news yoxud news.t.me yuzerneymi 18-noyabr kuni 994 ming TON (1.7 million dollar) narxda sotildi.

Ma'lum bo'lishicha, t.me/news foydalanuvchi nomi hisobida 20.9 million TON bo'lgan foydalanuvchi tomonidan sotib olingan. Bundan tashqari, uning yuzerneymlar kolleksiyasida @pasta, @pizza, @bank, @alfa, @meta, @doge, @best, @gift, @king va hatto, Fragment'da narxlar bo'yicha ilk rekordni o'rnatgan @auto kabi yuzerneymlar bor.

O'QING: Endi siz ham o‘z Telegram yuzerneymingizni sotishingiz mumkin! 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.