Fuchsia operatsion tizimini nihoyat kompyuterda ishlatib ko‘rsatishdi! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  432
  •  04.06.2021 16:43

Fuchsia operatsion tizimini nihoyat kompyuterda ishlatib ko‘rsatishdi! («jonli» video)

Google kompaniyasi turli qurilmalarda qo‘llanuvchi Fuchsia operatsion tizimini tayyorlayotgani anchadan beri ma’lum. Biz undan olingan suratlarni va hatto videosini ham e’lon qilganmiz. Bundan tashqari, yaqindagina...

O‘QING: Google o‘zining Fuchsia operatsion tizimli ilk gadjetini ro‘yxatdan o‘tkazdi

9to5Google resursi jurnalistlari Fuchsia operatsion tizimini Ubuntu Linux tizimli noutbukda, emulyator yordamida ishlatib ko‘rishdi. U hali rasmiy relizidan avval operatsion tizimning imkoniyatlari bilan tanishish imkonini beruvchi, oldindan tayyorlangan obraz ko‘rinishidadir.

Fuchsia’ning mazkur jamlanmasi bir vaqtning o‘zida brauzerda ko‘plab varaqalarni ochish va hatto uning o‘zini bir vaqtda bir nechta oynalarda ishga tushirish imkonini beradi. Foydalanuvchi vaqt va sana, shuningdek displey yorqinligi sozlamalarini o‘zgartirishi, tizim parametrlarini ko‘rishi mumkin. Bulardan tashqari, videorolik mualliflari tizimning o‘ziga kiritilgan ayrim ilovalarning ishga tushirilishini ko‘rsatib berishgan.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Fuchsia OS imkoniyatlari hozircha unchalik keng emas, ammo dasturchilar yangi platformada ishlovchi ilovalar tayyorlashlari mumkin. Fuchsia OS hujjatlarida ta’kidlanishicha, u Dart dasturlash tilini qo‘llab-quvvatlaydi; mazkur til esa ilova yaratish uchun Flutter freymvorkida qo‘llanadi.

Tajribaga xulosa yasar ekanlar, jurnalistlar Fuchsia OS kompyuterlarda va mobil qurilmalarda asosiy operatsion tizim sifatida ishlashga hozircha tayyor emasligini ta’kidlashgan. Uning hozirgi holati faqat havaskorlarga qiziq bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Apple butkul yangi operatsion tizimi nomini tasodifan e’lon qilib, so‘ng yashirib qo‘ydi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!