Fuchsia OS sertifikatsiyadan o‘tdi – Android’ning kuni bitdimi?

  •   DiMaX
  •  1353
  •  14.08.2020 17:03

Fuchsia OS sertifikatsiyadan o‘tdi – Android’ning kuni bitdimi?

Google kompaniyasi turli qurilmalarda qo‘llanuvchi Fuchsia operatsion tizimini tayyorlayotgani anchadan beri ma’lum. Terabayt.uz saytida undan olingan suratlar va hatto videosi ham e’lon qilingan.

O‘QING: Google ilk bor Fuchsia haqida so‘z ochdi: u Android «qotili»mi?

Bu mavzu anchadan beri ko‘tarilmagan edi, lekin kuni kecha Bluetooth Special Interest Group tashkiloti Google Fuchsia OS operatsion tizimining sertifikatsiyasi haqidagi ma’lumotni e’lon qildi. Eslatib o‘tamiz, bu – Bluetooth standartlarini ishlab chiqish hamda shunday texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalarni sertifikatlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotdir.

Linux yadrosi bazasiga tayanuvchi Android hamda Chrome OS kabilardan farqli ravishda, Fuchsia operatsion tizimi Zircon nomli yangi yadro asosida ishlab chiqilmoqda. Shu ikki va boshqa operatsion tizimlarning o‘rnini bosuvchi Fuchsia OS, mobil qurilmalar va kompyuterlardan tashqari, «aqlli uy» gadjetlarida ham qo‘llanadi.

Qidiruv giganti Fuchsia tizimini qachon taqdim etishi hozircha noma’lum. Shuningdek, u qanday qurilmalarga tushishi, Android va Chrome OS’dan ustun jihatlari ham aniq emas.

O‘QING: Google’ning «maxfiy» Fuchsia OS tizimini endi siz ham sinab ko‘rishingiz mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!