Fujitsu Arrows Tab – Windows 10 tizimidagi ishlaydigan 6 dyuymli kompyuter

Fujitsu Arrows Tab – Windows 10 tizimidagi ishlaydigan 6 dyuymli kompyuter

AQShda shu oyning boshida o‘tkazilgan CES 2017 ko‘rgazmasida Yaponiyaning Fujitsu kompaniyasi jahondagi eng kichik kompyuterlardan birini namoyish qildi.

4PDA  nashrining yozishicha, Arrows Tab V567/P nomi berilgan mitti kompyuter  Windows 10 Pro operatsion tizimida ishlaydi, og‘irligi 280 gramm, eni 85 mm. Gadjetga 6 dyuymli Full HD ekran, maksimal chastotasi 2,4 GGs bo‘lgan  Intel Atom x5-Z8550 protsessori (sozlangan Intel HD Graphics 400 grafikasi bilan), 4 GB operativ xotira va 64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan.

Qurilmani maxsusu dok-stansiyaga ulab, tasvirni monitorga chiqarish imkoniyati mavjud. Bunday gadjet kelgusida ish segmentida to‘laqonli noutbuk vazifasini bjarishi mumkin. Albatta, buning uchun gadjetga zarur bo‘lgan aksessuarlarni ilova qilish kerak bo‘ladi.

Fujitsu Arrows Tab V567/P 2017 yilning birinchi choragida sotuvga chiqadi. Narxi hozircha oshkor etilmagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!