Futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati davrida qancha kiber hujum daf etildi?

  •   Saroy
  •  1237
  •  17.07.2018 13:11

Futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati davrida qancha kiber hujum daf etildi?

Futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati davrida 25 millionga yaqin kiber hujum daf etilgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ChM-2018 xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Idoralararo operativ shtabi xalqaro hamkorlik Markazi xodimlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

O‘QING:Ucell’dan yana bir hadya: Futbol bo‘yicha jahon chempionati – smartfoningizda!

Prezidentning ta’kidlashicha, turnir davomida Rossiya axborot infratuzilmalariga jami  25 milliontaga yaqin kiber hujum va boshqa jinoiy ta’sirlar uyushtirilgan.

Putin rossiyalik va xorijiy davlat maxsus xizmat xodimlariga turnir davomida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorlik qilingani uchun minnatdorlik bildirgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, futbol ishqibozlari musobaqa davomida o‘zlarini haqiqatan ham xavfsiz his qilganlar, shu bilan birga, ular  bu borada xavfsizlik xodimlari tomonidan ortiqcha to‘siqlarga duch kelmagan.

O‘QING:Futbol ishqibozlari uchun yettita ajoyib ilova

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.