Futbol fanatlari uchun maxsus: FIFA 20 bepul versiyasini hoziroq yuklab oling! (+rasmiy treyler)

  •   DiMaX
  •  1523
  •  11.09.2019 16:47

Futbol fanatlari uchun maxsus: FIFA 20 bepul versiyasini hoziroq yuklab oling! (+rasmiy treyler)

Electronic Arts kompaniyasi avvalroq ommabop FIFA 20 o‘yinining taqdimot kuni va birinchi videotizerini e’lon qilgan edi. Endi esa u mazkur futbol simulyatorining demo-versiyasini chiqardi.

O‘QING: Uchta platforma bo‘yicha TOP-10: Geymerlar qaysi o‘yinlarga eng ko‘p pul sarflashyapti?

Barcha xohlovchilar uni allaqachon bepul yuklab olishlari mumkin: PlayStation 4 egalari PlayStation Store katalogidan, Xbox One sohiblari Microsoft Store do‘konidan, kompyuterlar uchun esa Origin magazinidan.

FIFA 20 demo-versiyasida yangi – Volta o‘yin rejimi mavjud. O‘yinchilar unda Amsterdam shahrida ko‘cha matchlarini o‘tkazadilar. 

Volta rejimidagi o‘yinning rasmiy treylerini quyida tomosha qilamiz:

Shuningdek, asosiy klub turniri – UYeFA Chempionlar ligasida o‘ynash imkoni ham bor. Geymerlarga bunda «Chelsi», «Borussiya», «Liverpul», PSJ, «Real Madrid» va «Tottenxem» jamoalari uchun, «Santyago Bernabeu», «Tottenxem Xotspur Stedium» yoki «Stemford Bridj» o‘yingohlarida o‘ynash taklif etiladi.

Aytish kerakki, FIFA 20 to‘liq versiyasi shu yilning 27 sentyabrida PS4, Xbox One va kompyuter uchun taqdim etiladi.

O‘QING: Futbol ishqibozlari uchun yettita ajoyib ilova

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.