Futbol fanatlari va Neymar muxlislari uchun Apple maxsus simsiz quloqchin taqdim etdi!

  •   DiMaX
  •  1831
  •  07.02.2019 13:02

Futbol fanatlari va Neymar muxlislari uchun Apple maxsus simsiz quloqchin taqdim etdi!

Kupertinolik korporatsiya ommabop Beats Studio3 Wireless rusumli quloqchinining maxsus talqinini taqdim etdi. U braziliyalik mashhur futbolchi – Neymar da Silva Santos Juniorning 27 yoshga to‘lishiga bag‘ishlab chiqarilgan.

O‘QING: «Taka bo‘lsin – sut bersin»: Lionel Messi blokcheyn-smartfonni reklama qiladi

Beats Studio3 Wireless Headphones - Neymar Jr. Custom Edition deb ataluvchi ushbu quloqchin korpusiga maxsus rasm-naqsh tushirilgan. Uni yaratishda dizaynerlar Braziliyadagi San-Paulu shahri ko‘chalaridagi graffiti rasmlardan ilhomlanishgan.

Apple fikricha, mazkur gadjet «ko‘cha rassomlik san’ati» ishqibozlariga, Neymar muxlislariga va umuman futbol fanatlariga yaxshi sovg‘a bo‘la oladi.

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

Quloqchinning ichki tomoniga tushirilgan «10» yozuvi esa Neymarning maydondagi raqamini anglatadi.

Beats Studio3 Wireless Headphones - Neymar Jr. Custom Edition narxi ham chakkimas – 349,95 dollardan boshlanadi. Bu esa quloqchinning standart versiyasidan 70 dollarga qimmatdir.

O‘QING: Quloqchindan ehtiyot bo‘ling – Nukusda u o‘smirning o‘limiga olib keldi!