Futbol ishqibozlari uchun yettita ajoyib ilova

  •   Saroy
  •  4294
  •  16.06.2018 13:55

Futbol ishqibozlari uchun  yettita  ajoyib ilova

Kuni kecha Rossiyada futbol bo‘yicha Jahon chempionati start oldi. Kimdir o‘yinlarni stadionlarda muxlislarning hayqirig‘i ostida tomosha qilsa, kimdir oynai jahonda miriqib kuzatadi. Hatto futbolga mukkasidan ketmaganlar uchun ham, o‘yin natijalari bilan tanishib borish, yangiliklardan xabardor bo‘lish, maza qilib  hordiq chiqarish imkonini beradigan  ilovalar mavjud. Quyida shularning yettitasi bilan tanishasiz.

iOS  / Android

Jahon chempionatining o‘z rasmiy ilovasi bor. Unda o‘yinlarni alohida ko‘rish rejasini  tuzib chiqishingiz, yangiliklar bilan tanishib borishingiz,  Rossiyaning o‘yin bo‘ladigan shaharlari haqida tegishli ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Qo‘shimchasiga chempionat tarixini o‘rganish va do‘stlaringiz oldida statistika borasida bilag‘onlik qilishingiz ham mumkin bo‘ladi. Ayniqsa, bundan oldin futbolga unchalik qiziqmagan bo‘lsangiz, bilag‘onlik juda qo‘l keladi-da.

Bulardan tashqari, dasturda o‘yin lahzalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish, eng yaxshi o‘yinchilarga ovoz berish va ularning tarjimai holi haqida bilish  mumkin bo‘ladi, shuningdek, o‘yindagi eng asosiy daqiqalarni qaytadan tomosha qila olasiz.

Stats Zone

 iOS

Mashhur  FourFourTwo  jurnalidan  taqdim etilgan  Stats Zone ilovasi futbolga ishqibozlikni professional darajasiga yetkazganlar uchun. Ilova  jamoaning taktikasi va  o‘yin uslubini to‘shunib olishingizga yordam beradi. Stats Zone futbol statistikasi bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalari orasida o‘zining alohida  nufuziga ega bo‘lgan  Opta kompaniyasining ulkan ma’lumotlar bazasini tahlil qiladi. Foydalanuvchilar uchun  o‘yin haqidagi 1500 ta voqealar: kadrlar, aldab o‘tishlar,  tutib qolishlar, to‘p uzatish va boshqa holatlar  taqdim etilgan.

JCh-2018 dan tashqari, dasturda  Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi,  Angliya, Germaniya, Italiya, Ispaniya va boshqa ko‘plab davlatlarning o‘yin taktikasini ham o‘rganishingiz mumkin.  Bu esa sizga o‘yinlarga  aniq baho berishga yordam beradi, masalan, faqat hisobni emas, balki  gol kiritishga bo‘lgan urinishlar sonini ham bilasiz, u necha metrdan amalga oshirildi  kabi savollarga javob topasiz.

Forza Football

iOS /Android

 Forza Football —Ushbu ilovadan nafaqat, futbol musobaqalari haqidagi ma’lumotlarni bilib olasiz, balki muxlislar fikri bilan ham tanishasiz. Dasturda  foydalanuvchilarga savollari ham berib boriladi va jamoa o‘yinlariga qarashlaringiz bilan o‘rtoqlashasiz, kamiga statiska ustida bahs yuritasiz.

Ilova sevimli jamoangizning o‘yini haqida tez va aniq  xabar qiladi. Shu bilan birga, o‘yinning eng yaxshi videfragmentlarini kuzatib borishingiz hamda forumda muhokama qilishingiz ham mumkin.

Onefootball

 iOS Android

«Jahon chempionatiga kirish nuqtasi — Onefootbal ilovasining mualliflari o‘z mahsulotlarini ana shunday taqdim etmoqda.  Ilova orqali foydalanuvchilar  so‘nggi yangiliklar, statistika, o‘yindagi hisob va asosiy voqelardan xabardor bo‘lib boradi.  Shu bilan birga, o‘yin vaqtida real vaqt rejimi haqida xabardor bo‘lib turasiz va sportchilarning profillarini  ko‘rib borishingiz mumkin.

Dastur orqali sevimli terma jamoaga obuna bo‘lish va u haqda yangiliklar bilan muntazam tanishib borish mumkin.  Shu bilan bira, foydalanuvchilar ekspertlar fikri va fanatlarning bergan ovozlari statistikasi haqida bilib turadi.

FotMob Live Football Scores

 iOS Android

FotMob — Futbol yangiliklari haqida tezkor xabardor bo‘lish uchun yana bir qulay ilova. U har bir shaxsga sevimli jamoasi, o‘yinchilari va o‘yin haqida alohida-alohida xabar yetkazadi.

Ilovani  Apple Watch qo‘llab-quvvatlaydi va 200 dan ortiq musobaqalar haqida  jonli matnli axborotni namoyish etadi, o‘yinchilarni o‘zaro taqqoslash imkonini beradi, hamda 10 ta tilda audiosharh berib boradi.

FIFA Futbol: FIFA World Cup

iOS Android

Musobaqani shunchaki tomosha qilib borayotganlarga o‘yinchini  tanqid qilish oson. Ammo jarayon bilan yaqindan  tanishmoqchi bo‘lganlar, o‘zlari ham  bir ikki o‘yinni o‘ynab ko‘rishi kerak. Buning uchun jamoani yig‘ish kerak, maydonni ijaraga olish kerak  va murabbiy yollash kerak. Bu qiyinmi, demak  yaxshisi, ilovani yuklab oling.

 FIFA Mobile’da jamoani tanlashingiz, o‘yinchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazishingiz, hamda o‘zingizni ham turli sharoitlarda sinab ko‘rishingiz mumkin. Ilovada butun dunyo foydalanuvchilari bilan o‘ynash imkoni bor, istasa birgalikda, istasa yakkama-yakka. Loyiha xaridlarni, sinovlardan o‘tiish, o‘yin natijalarini oldindan bashorat qilish uchun mukofotlarni ham ko‘zda tutadi.

Flick Kick Football

 iOS Android

Gol urush bo‘yicha mashq o‘tkazishning yana bir imkoniyati, bu  Flick Kick Football o‘yinidir. Ilovada turli rejimda barmoqlar bilan darvozaga qarata zarba (jumladan “snayper” va “Napadeniye na vremya ”) berishingiz kerak.

Dasturchilarning aytishicha, o‘yinni boshqarish  sezgi orqali tushiniladi,  stilizizatsiyalashtirilgan grafika yoshlik chog‘laringizni esga soladi.  Flick Kick’da  ko‘pfoydalanish rejimi ham bor va unda o‘zingizning mahoratingizni real raqiblaringizga qarshi sinab ko‘rishingiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!