Fuze Case chexoli iPhone 7’ga 3,5 millimetrli naushnik slotini qaytaradi

Fuze Case chexoli iPhone 7’ga 3,5 millimetrli naushnik slotini qaytaradi

O‘tgan oyda namoyish etilgan iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlaridan Apple kompaniyasi 3,5 millimetrli audio slotni olib tashlagan edi. “Olma” buning o‘rniga Airpods simsiz naushniklari yoki maxsus adapterlardan foydalanishni taklif qilgan. Shubhasiz, bunday qaror millionlab foydalanuvchilarning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Hatto internet tarmog‘ida bu borada ko‘plab hazillar tarqaldi.

Yaqinda Amerikaning Actual Innovation firmasi iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlariga 3,5 millimertli audio slotni qaytaradigan maxsus chexolni ishlab chiqdi. Fuze Case chexoliga Lightning slotidan 3,5 millimetrli naushnik slotiga ulanadigan adapter o‘rnatilgan. Shuning uchun chexolni smartfonga taqqach, oddiy naushniklarni 3,5 millimetrli audio slotga ulash mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, chexollarga 2400 mA/st (iPhone 7 uchun) va 3600 (iPhone 7 Plus uchun) mA/st sig‘imidagi qo‘shimcha batareyalar ham o‘rnatilgan.

Fuze Case hozircha 69 dollarga baholanmoqda. Sotuvga dekabr boshida chiqarilishi rejalashtirilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.