Gadjetlar xavfli tovushlar chiqarishi uchun buzib kirilishi mumkinligi aniqlandi

Gadjetlar xavfli tovushlar chiqarishi uchun buzib kirilishi mumkinligi aniqlandi

Ko‘plab zamonaviy gadjetlarning tizimiga quloqni kar qiladigan va inson salomatligiga zararli bo‘lgan tovushlar chiqarishi uchun buzib kirilishi mumkin. Bu PwC tashkilotining kiber-xavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqoti bosh mutaxassisi bug-qidiruvchi Mett Uiksi (Matt Wixey) tomonidan aniqlandi.

Mutaxassis tizimidagi kamchiliklari sabab quyi darajali kiber-qurolga aylantirilishi mumkin bo‘lgan bir qator qurilmalarni aniqladi.

Janob Uiksi leptoplar, mobil telefonlar, quloqchinlar, shaxsiy yordamchi va qator karnaylar turlari ustida sinovlar o‘tkazgan.

Ulardagi kamchiliklar kishiga jismoniy zarar yetkazishi, asab tizimiga ta’sir qilishi va hatto katta tashkilotlarga ham ziyon yetkazishi aytilmoqda. 

Asabiylashtiruvchi tovushlar

Uiksi PhD ishi sifatida tizim kamchiliklari qanday qilib kishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismoniy zarar yetkazishi bo‘yicha tajribalar o‘tkazgan. 

U salomatlik uchun zararli bo‘lgan darajadagi yuqori va quyi chastotali tovushlar hosil qilish uchun ovoz balandligi va karnay nazoratini manipulyatsiya qilishning iloji bor-yo‘qligini aniqlashga qiziqqan. 

Tajriba davomida maxsus ishlab chiqilgan viruslar, turli tizimlarning ma’lum bo‘lgan kamchiliklari va boshqa nosozliklar vositasida qurilmalarga buzib kirib, ular uzoq muddat xavfli tovushlar chiqarishga "majburlangan". 

"Masofadan turib ba’zi hujumlarni amalga oshirishda tizimning avvaldan ma’lum bo‘lgan kamchiliklaridan foydalanildi. Boshqa hujumlarni uyushtirish uchun esa yoki qurilmaning o‘ziga moddiy ravishda ega bo‘lish yoki unga yaqin hududda bo‘lish talab qilindi", deydi tadqiqotchi.

Mana shunday hujumlarning birida, Uiksi kamchiliklari bor karnaylarni Wi-Fi va Bluetooth vositasida qidirib topuvchi dasturdan foydalanib, qurilma nazoratini qo‘lga olishni ko‘zlagan. Aniqlangan gadjet bilan esa xavfli tovush hosil qilingan. 

Buzib kirilgan qurilmalarda ikki xil: kishini faqat asabiylashtiruvchi/chalkashtiruvchi darajadagi va karlikkacha olib boruvchi darajadagi tonlar hosil qilingan. 

Hattoki, buzib kirilgan qurilmalardan birining o‘zi, bir necha daqiqa davomida turli darajadagi xavfli tovushlar chiqarganidan so‘ng, ishdan chiqqan holati ham kuzatildi.

Sinovlar tovush o‘tkazmaydigan xonada amalga oshirilgan bo‘lib, tajriba davomida inson aralashuvi bo‘lmagan.

Tadqiqot yakunlangandan so‘ng Uiksi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan bog‘lanib, ularga mavjud kamchiliklarga qarshi himoya tizimlari ishlab chiqarish borasida o‘z tavsiyalarini bergan.

O‘QING: Google’ning saxiyligi tutdi: Chrome xatosini topib, 150 ming dollargacha mukofot oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!