“G‘afur G‘ulom” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga yuzni aniqlash tizimi o‘rnatiladi

“G‘afur G‘ulom” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga yuzni aniqlash tizimi o‘rnatiladi

“G‘afur G‘ulom” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ining qayta ta’mirlanayotgan hududida shaxs yuzini aniq ko‘rsatib beruvchi va buni xotirasida saqlab qoluvchi videokuzatuv tizimi o‘rnatiladi. 

Bog‘ hududi yetarlicha katta, yirik shoxdor daraxtlar  ham juda ko‘p. Bu hududni dyarli kichik o‘rmon desa ham bo‘ladi. Tabiiyki, bunday sharoitda bog‘ga tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash eng birinchi vazifa sanaladi. 

Yangi videokuzatuv tizimi uchun bog‘da barcha aloqa ta’minoti, jumladan, elektr-energiyasi va tegishli podstansiyalar yangilangani ayni muddao bo‘ldi. Bog‘ faoliyat boshlagach, bu yerda bezorilik qilish ancha mushkullashadi, chunki, "aqlli" videokuzatuvning nigohidan yashirinish mumkin bo‘lgan joyning o‘zi qolmaydi. 

Bog‘ning yangi ma’muriyati «BMP SMART DECISION PRIVATE LIMITED» kompaniyasi vakillari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, uning ochilish marosimi joriy yilgi yoz mavsumida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, bog‘ konsepsiyasi poytaxtliklarning xohish-istaklariga asoslangan holda tuzilgan. Ya’ni, bu bog‘ "beton  megapolis"ga aylanib ulgurgan shahar markazining sokin va ko‘kalamzor burchagi sifatida poytaxt ahlini o‘z bag‘riga chorlaydi.

O‘QING: Telegram 8.6 versiyaga yangilandi