Ushbu Galaxy'lar ham One UI 5 yangilanishini qabul qilishni boshlashdi

Ushbu Galaxy'lar ham One UI 5 yangilanishini qabul qilishni boshlashdi

O'tgan oyda Samsung o'zining Galaxy smartfonlari uchun Android 13'ga asoslangan One UI 5 yangilanishining barqaror versiyasini taqdim qildi. Oktabr oyida uni Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlariga eng birinchi bo'lib tarqatib bo'lgandan so'ng, endilikda kompaniya reja bo'yicha navbatdagi smartfonlarga yangilanishni yetkazishni boshladi.

Ma'lum bo'lishicha, Samsung endi Yevropa mamlakatlarida Galaxy S21, hamda Galaxy S20 seriyasidagi smartfonlarga barqaror versiyadagi One UI 5 yangilanishini oktabr xavfsizlik yamog'i bilan tarqatishni boshlagan. Bulardan keyin esa, joriy oyda Galaxy Tab S8 va Tab S7 seriyasidagi planshetlar va Galaxy A53 bilan Galaxy A33 o'rta darajadagi smartfonlari yangilanishni qabul qilishi kutilmoqda.

O'QING: One UI 6 yangilanishi Galaxy'larga uzoq kutilgan funksiyani beradi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!