Galaxy A seriyasiga ham barqaror One UI 4 grafik qobig‘i kelishni boshladi

Galaxy A seriyasiga ham barqaror One UI 4 grafik qobig‘i kelishni boshladi

O‘tgan ikki oy mobaynida Galaxy S, Note va Z seriyasidagi smartfonlar bosqichma-bosqich Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4 grafik qobig‘iga o‘tgan edi. 

Endi yangi proshivka A seriyasiga ham kelishni boshladi. Uni birinchilardan bo‘lib, Galaxy A72 modeli qabul qilib oladi. 

Proshivka model raqami A725FXXU4BULA bo‘lib, u hozirda rossiyalik foydalanuvchilarga jo‘natilmoqda. Keyingi haftadan boshlab Samsung boshqa hududlardagi A72 modellariga ham One UI 4 grafik qobig‘ini jo‘natishni boshlaydi. 

O‘QING: Samsung kompaniyasi S22 Ultra uchun 45 vattlik quvvatlagichni ishlab chiqaradi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!