Galaxy A smartfonlari taqdimotdan ikki oy o‘tiboq arzonlasha boshladi!

  •   DiMaX
  •  7083
  •  03.05.2019 08:38

Galaxy A smartfonlari taqdimotdan ikki oy o‘tiboq arzonlasha boshladi!

Samsung kompaniyasi yangilangan Galaxy A turkumining ilk smartfonlarini atigi ikki oygina avval taqdim etgan edi. Ammo allaqachon ularning «kichik» vakillari narxlari pasaya boshladi.

O‘QING: Samsung smartfonlar uchun «ko‘rinmas» kameralar, «gapiruvchi» va to‘liq daktiloskopli ekranlar tayyorlamoqda

To‘g‘ri, rasmiy arzonlashuv hozircha faqat Hindiston bozoriga tegishli. Lekin mazkur seriya aynan o‘sha «fillar o‘lkasi»da start olganini va keyin boshqa mamlakatlarga chiqqanini hisobga olsak, mantiqan hammasi to‘g‘ri: bu smartfonlar keyinroq qolgan bozorlarda ham arzonlashadi.

Shunday qilib, Samsung birdaniga uchta modeli: Galaxy A10, A20 hamda A30 smartfonlarining narxlarini pasaytirdi. Galaxy A10 modeli 7 dollarga arzonlashib, narxi 115 dollar bo‘ldi. Galaxy A20 narxi esa 15 dollarga pasaydi – endi uni 165 dollarga olish mumkin. Galaxy A30 bo‘lsa naq 22 dollarga arzonlashib, narxi 245 dollarga tushdi.

O‘QING: Samsung hatto eng arzon – Galaxy J smartfonlarini ham Android 9 Pie’gacha yangilay boshladi

Aytib o‘tish kerakki, bulardan sal avvalroq taqdim qilingan Galaxy M20 modeli esa Hindistondan tashqarida ham arzonlasha boshlagan. Jumladan, Ukrainada bu smartfon narxi ikki hafta avval pasaytirilgan. Shunday ekan, Galaxy A turkumi vakillari ham tez orada jahon bo‘ylab arzonlashuvini kutish o‘rinli.

Eslatib o‘tamiz, turli modellardagi Samsung smartfonlari Terashop.uz internet-do‘konimizda ham tegishli kafolati bilan rasman savdoga qo‘yilgan. Jumladan, Galaxy A10 modelini u yerda 1 090 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin. Galaxy A20 smartfonini bo‘lsa 1 510 000 so‘mga xarid qilish imkoni mavjud. Mazkur do‘konda Galaxy A30 devaysini 1 670 000 so‘m evaziga sotib olish taklif etilmoqda.

O‘QING: Galaxy A50 yana Terashop.uz’da, Galaxy S10e ham yetib keldi! Shu va boshqa Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 25 aprel)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!