Galaxy A smartfonlariga endi flagmancha xususiyat qo‘shiladi!

  •   DiMaX
  •  2604
  •  09.06.2020 13:04

Galaxy A smartfonlariga endi flagmancha xususiyat qo‘shiladi!

Hozir dunyo bo‘yicha eng ommabop smartfonlar reytingida yetakchi Galaxy A51 modeli bo‘lib turibdi, bu ro‘yxatga Galaxy A71 ham kirgan. Umuman, Samsung uchun o‘rta narxli smartfonlar turkumi juda muhim.

O‘QING: TOP-6: eng ko‘p sotilgan Android-smartfonlar (2020 yil 1-chorak)

Galaxy A turkumi vakillarining jahon bo‘ylab flagmanlardan ham ko‘proq sotilib kelmoqda. Shuni inobatga olib, Samsung ushbu liniyani takomillashtirishga qaror qildi.

Insayderlarga ko‘ra, kelasi yildan boshlab ushbu turkumdagi hamyonbop smartfonlarga simsiz quvvatlash texnologiyasi ham joriy etiladi. Aytish kerakki, bu texnologiya asosan flagmanlarda qo‘llanadi va boshqa smartfonsozlarning ham o‘rta narxli smartfonlarida kam uchraydi.

Bu borada hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q, ammo simsiz zaryadlash imkoni Galaxy A turkumining asosan «katta» vakillariga taqdim etilsa kerak. Shuningdek, Galaxy A52 modelida ham bo‘lishi mumkin, chunki Galaxy A51 va hatto undan ham oldingi Galaxy A50 smartfonlari haligacha ommabop.

Esingizda bo‘lsa, janubiy koreyaliklar 2019 yilning sentyabrida chiqqan eng «katta» vakili – Galaxy A90 5G modelida mazkur texnologiyani qo‘llashgan. Lekin bu yil uning davomchisi taqdim etilganicha yo‘q.

O‘QING: Qiyos: Galaxy A51 vs Galaxy A50