Galaxy A turkumidagi xaridorgir modellarning davomchisi qanday bo‘ladi?

Galaxy A turkumidagi xaridorgir modellarning davomchisi qanday bo‘ladi?

Galaxy A31 Samsung'ning 2020 yilgi A seriya smartfonlaridan biri bo‘ladi. Nomidan ham ko‘rinib turganidek, ushbu smartfon bu yilgi A30 va A30s'larning davomchisi bo‘ladi. 

Yaqinda qurilmaning xotira sig‘imlari haqida ma’lumot bergan edik. Endi esa gadjet korpusining ranglari haqida ma’lumotga ega bo‘ldik.

SamMobile saytida yozilishicha, Galaxy 31 qora, oq va qizil ranglarda chiqadi. Taqqoslash uchun, Galaxy A30 qora, oq, qizil hamda ko‘k ranglarda edi. 

Vaholanki, A31'ning qo‘shimcha ranglardagi variantlari ham chiqarilishi mumkin, sababi A30 taqdim qilinganda qizil rangli versiyasi mavjud emasdi. Bu rangdagi korpusga ega A30 keyinroq sotuvga chiqqan. A30'dan olti oy o‘tib taqdim qilingan A30s esa faqat uchta (qora, oq va binafsha) ranglarda bo‘lgan.

Galaxy A31'ning texnik jihatlari hozircha sirligicha qolmoqda. Biroq A50 va A51 bilan bo‘lgani kabi A31 ham A30/A30s'lardan unchalik farq qilmasligi ham mumkin. Asosiy tafovut qadoqdan o‘rnatilgan Android 10 va kamera rezolyusiyasining oshirilishida bo‘lishi mumkin. Balkim, Samsung'dagilar A31'ni makro kamera bilan ham jihozlar. 

Bu taxminlar qanchalik to‘g‘ri-noto‘g‘riligini faqat vaqt ko‘rsatadi.

O‘QING: Samsung Galaxy A91 bilan renderlarda tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.