Galaxy A01 – eng arzon smartfonlarga qarshi Samsung taklifi tayyor!

  •   DiMaX
  •  14356
  •  13.11.2019 13:31

Galaxy A01 – eng arzon smartfonlarga qarshi Samsung taklifi tayyor!

Ayni damda yangilangan Galaxy A turkumidagi eng kenja smartfon – Galaxy A10 modeli (sotib olish) bo‘ladi. Lekin tez orada Samsung kompaniyasi bundan ham «kichkina nomli» angi avlod smartfonini taqdim etadi.

O‘QING: «Gapiruvchi» ekranli Galaxy M40 davomchisi – Snapdragon 712 chipli arzon smartfon chiqyapti!

Samsung xitoylik smartfonsozlarning arzon modellariga qarshi bozorga tushirayotgan ushbu qurilma Galaxy A01 nomi bilan chiqadi. Bu smartfon allaqachon AQSh Aloqa bo‘yicha federal komissiyasi (FCC) ma’lumotlar bazasida SM-A015F katalog raqami bilan qayd etildi. Mazkur nufuzli tashkilot faqat tayyor bo‘lgan apparatlarnigina sertifikatlashini hisobga olsak, janubiy koreyaliklarning eng arzon smartfoni tez orada taqdim etiladi!

Galaxy A01 qo‘shaloq kameraga, 3000 mA/soatlik akkumulyatorga hamda diagonaliga 5,7 dyuymlik ekranga ega. Uning qaysi protsessorga tayanishi hozircha noma’lum, ammo tezkor/ichki xotirasi 2/16 gigabaytlik bo‘lishi aytilmoqda.

Ushbu modelning narxi hozircha aniq emas, ammo texnik xususiyatlariga qaraganda, u Xiaomi, Meizu, Realme singari kompaniyalarning arzon smartfonlari bilan bozorda bemalol bellasha oladigan bo‘ladi. Hozirgacha sotuvga chiqqan aksariyat Samsung telefonlarini esa 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: To‘rtta narx toifasiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar reytinglari (AnTuTu, 2019 yil oktyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!