Galaxy A03 smartfoni taqdim etildi

Galaxy A03 smartfoni taqdim etildi

Kecha Samsung kompaniyasi Galaxy A03 smartfonini taqdim etdi. Kompaniya qurilma qachon sotuvga chiqishi haqida hech qanday ma’lumot bermadi. Buning o‘rniga, u infografika orqali smartfonning asosiy xususiyatlarini oshkor qildi. 

O‘QING: 2021 yilning eng ommabop smartfonlari bilan tanishamiz 

Kompaniya smartfonning narxini oshkor qilmagan bo‘lsada, A03 o‘tgan yilgi A02 smartfoni kabi arzon narxdagi smartfon bo‘lishiga shubha yo‘q. 

Qurilmaning texnik jihatlari haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, Galaxy A03 qurilmasi 6.5 dyuymli HD+ rezolyusiyadagi Infinity-V displeyi bilan jihozlangan. Displey jihatidan smartfonda hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan, o‘tgan yilgi A02 ham xuddi shu displeyga ega bo‘lgan edi. 

Yangilik sifatida qurilmaga ikkita kamera o‘rnatilgan. Birinchisi 48MP asosiy kamera, ikkinchisi 2MP sath kamera. Selfi kameraning rezolyusiyasi esa 5MP ni tashkil qiladi. 

Smartfon 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Shuningdek, uning 3/32GB, 4/64GB hamda 4/128GB xotiraga ega turlari mavjud. 

Qurilma qora, ko‘k va qizil ranglarda sotuvga chiqadi. Uning korpus o‘lchamlari 164.2 x 75.9 x 9.1 millimetr bo‘lib, bu jihatdan ham u avvalgi A02 smartfoni bilan bir xil. Xotira hamda rang turlari xudud bozorlariga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. 

Hozircha smartfonning qachon sotuvga chiqishi noma’lum. 

O‘QING: Xiaomi 12'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi