Galaxy A03s'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Galaxy A03s'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung kompaniyasi flagman smartfonlardan tortib byudjet sinfiga kiruvchi smartfonlarni taqdim etadi. Bugungi qahramonimiz Galaxy A03s esa Samsung kompaniyasining eng arzon smartfonlaridan biri hisoblanadi. 

O‘QING: Galaxy S22 smartfonining korpusida o‘zgarish bo‘ladi 

Qurilma 6.5 dyuymli displey, uchta kamera hamda katta hajmli akkumulyatoriga ega. 

Galaxy A03 seriyasining eng katta vakili bu - A03 hisoblanadi. U A03s'dan ko‘ra kuchliroq texnik jihatlarni taklif qiladi. Shuningdek, seriyada A03 Core smartfoni ham bor. Bu 2021 yilda Samsung tomonidan ishlab chiqilgan eng arzon smartfon. 

Galaxy A03s'ga qaytsak, qurilma 6.5 dyuymli LCD displeyiga ega bo‘lib, 720 piksel rezolyutsiyada ishlaydi. Smartfon korpusi plastikdan ishlangan. 

Shuningdek, Galaxy A03s qurilmasi Helio P35 chipi hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Orqa paneldagi kameralar modulida 13MP asosiy kamera, 2MP makro kamera va 2MP sath kamera joylashgan. Selfi kameraning rezolyutsiyasi esa 5MP ni tashkil qiladi. 

Xotira hajm 3/32GB dan boshlanadi. Shuningdek, qurilamaning 4/64GB xotiraga ega turi ham mavjud. Smartfon unumdorligi yuqori bo‘lmaganligi uchun unga oddiyroq One UI 3.1 Core garfik qobig‘i o‘rnatilgan. 

Samsung Galaxy A03s'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 164.2x75.9x9.1mm, 196g; old shisha, orqa panel plastik, plastik rom. 

> Displey: 6.50 dyuymli PLC LCD, 720x1600 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 270ppi zichlik. 

> Chipset: MediaTek MT6765 Helio P35 (12nm): Sakkiz yadroli (4x2.35 GHz Cortex-A53 & 4x1.8 GHz Cortex-A53); PowerVR GE8320. 

> Xotira: 3/32GB, 4/32GB, 4/64GB; microSDXC uyasi. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, One UI 3.1 Core. 

> Kamera: Asosiy kamera: 13MP, f/2.2, AF; Makro kamera: 2MP, f/2.4; Sath kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 5MP, f/2.2. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 1080p@30 kadr/sekund. 

> Akkumulyator: 5,000 mAs, 7.8 vatt quvvatlash texnologiyasi. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC; 3.5mm audio jek. 

Smartfonda hech qanday IP standarti va stereo dinamik mavjud emas. Biroq boshqa tomondan, qurilma yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri, 3.5mm audio jek hamda microSDXC uyasiga ega. 

Qadoq tarkibi 

Smartfon qutisida qurilma bilan birgalikda 7.8 vattlik quvvatlash adapteri hamda USB-C kabeli o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena

O‘QING: Galaxy S22 Ultra yangicha rangda taqdim etiladi