Galaxy A04 smartfoni taqdim qilindi
Samsung kompaniyasi global bozor uchun yangi byudjet smartfon, Galaxy A04 modelini ortiqcha dabdabalarsiz taqdim qildi. Quyida yangi qurilmaning texnik xususiyatlari bilan tanishishingiz mumkin.
Samsung Galaxy A04 | |
Ekran | Infinity-V dizaynidagi 6.5 dyuymli, 720×1600 pikselli HD+ |
O'lchamlari va og'irligi | bo'yiga 164.4 mm, eniga 76.3 mm, qalinligi 9.1 mm, og'irligi 192 gramm |
Old kamera | 5MP (F2.2) |
Orqa kameralari |
asosiysi 50MP (F1.8) + 2MP (F2.4) chuqurlik |
Protsessor | Olti yadroli (Snapdragon 695 yoki Exynos 850 bo'lishi mumkin) |
Operativ xotira |
4/6/8 GB |
Doimiy xotira |
32/64/128 GB |
Qo'shimcha xotira |
1 TB gacha microSD karta |
Batareya |
5,000 mA/s |
Zaryadlanish |
15 Vt tezlikda |
OT |
Android 12 ga asoslangan One UI 4.1 Core |
Tarmoq texnologiyasi |
4G (LTE) - ikkilik SIM karta |
Ulanish |
Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac 2.4 va 5 gigagerts, Bluetooth 5.0 versiya |
Portlar |
USB-C va 3.5 mm naushnik uyasi |
Ranglari |
Oq, qora, to'q yashil va mis rang |
Ko'rib turganingizdek, garchi Galaxy A04 byudjet smartfonlar oilasiga mansub bo'lsa ham, u katta hajmdagi batareya, xotira va yaxshi kamera xususiyatlariga ega. Afsuski, uning qachondan sotuvga chiqarilishi va narxlari haqidagi ma'lumot hozircha noma'lum.
O'QING: Zamonaviy kasblarni egallashingiz va ta’lim uchun sizga kerak bo‘ladigan noutbuklar bilan tanishing!