Galaxy A04s smartfonining narxi ma’lum bo‘ldi

Galaxy A04s smartfonining narxi ma’lum bo‘ldi

Samsung kompaniyasining yangi Galaxy A04s modeliga oid ko‘plab mish-mishlar tarqalmoqda. Demak, smartfon yaqin kunlarda taqdim etiladi. Ishonchli manba Samsung smartfon uchun Yevropada 169 yevro so‘rashini ma’lum qildi

Xo‘sh, ushbu narxga smartfon qanday texnik ko‘rsatkichlarini taqdim etadi? Manba narxdan tashqari qurilmaning texnik ko‘rsatkichlari hamda suratlarini e’lon qildi. 

Galaxy A04s modeli 720 X 1600p rezolyusiyadagi 6.5 dyuymli PLC LCD displeyi bilan jihozlanadi. Uning maksimal yorqinlik darajasi 400 nit bo‘lib, 90 gerts chastotada ishlaydi. Smartfon Exynos 850 chipiga ega bo‘ladi. Xotira hajmi 3/32GB, doimiy xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. 

Orqa paneldan 50MP asosiy, 2MP makro va 2MP sath kamera o‘rin olgan bo‘lsa, old tomonda 5MP selfi kamera joylashgan. 

Qurilma 15 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Uning qutisida zaryadlash adapteri bo‘lmaydi. Smartfon Android 12 operatsion tizimida ishlaydi. Simsiz quloqchinlarni yoqtirmaydiganlar uchun qurilmada 3.5mm audio jek mavjud.

Galaxy A04s qora, oq va to‘q yashil ranglarda sotuvga chiqadi. Demak, smartfonga oid barcha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Endi Samsung uni rasman taqdim qilish qoldi.

O‘QING: Galaxy S23 Ultra'da yana bir ijobiy o‘zgarish bo‘ladi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!