Galaxy A04s smartfonlariga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi

Galaxy A04s smartfonlariga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi

Samsung'ning eng arzon smartfonlari A0 seriyasidagi modellar hisoblanadi. Ushbu linyaning yangi modeli hisoblanuvchi A04s'ga oid ilk ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi. 

@OnLeaks bergan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 164.5 x 76.5 x 9.18 mm o‘lchamda bo‘ladi, ya’ni avvalgi model A03s'ga qaraganda bir millimetrga kattaroq. Korpus hajmi kattalashgani bilan uning ekran hajmi 6.5 dyuymligicha qolgan. 

Orqa panel dizayni o‘zgargan bo‘lib, u yerdan uchta kamera o‘rin oladi. Kameralar alohida modulda joylashib korpusdan bo‘rtib chiqib turmaydi. Xuddi S22 Ultra'da bo‘lgani kabi kameralar alohida halqalarda joylashadi. Hozircha uchala kameraning texnik ko‘rsatkichlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

Smartfonda 3.5 mm audio jek hamda SIM-karta uyasi mavjud. Barmoq izi skaneri yon tomondagi quvvat tugmasida joylashadi. 

Eslatib o‘tamiz, hozirgi Galaxy A03s modeli 6.5 dyuymli LCD displey, Helio P35 chipi, 13+2+2MP orqa kameralar, 5MP selfi kamera, 15 vatt quvvatlash texnologiyasi va 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan edi. Qurilma 155 dollar narxda sotuvga chiqqan. 

O‘QING: Huawei Mate Xs 2 buklamafoni taqdim etildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!