Galaxy A10 daktiloskopli ekranga ega ilk Samsung smartfoni bo‘lishi mumkin

  •   DiMaX
  •  4598
  •  22.12.2018 10:57

Galaxy A10 daktiloskopli ekranga ega ilk Samsung smartfoni bo‘lishi mumkin

Samsung yaqinda ma’lum qilganidek, yangi texnologiyalarni endi dastlab o‘zining o‘rta narxli smartfonlariga tatbiq etishga o‘tgan. Masalan, uning to‘rt modulli kameraga ega ilk telefoni Galaxy A9 bo‘lsa, Infinity-O displeyi dastlab Galaxy A8s modelida qo‘llandi.

O‘QING: «Teshik» ekranli Galaxy A8s savdoga chiqdi – narxi bilan tanishing!

Samsung barmoq izi skanerining ekranga joylanishi borasida ham shunday yo‘l tutadi – uni dastlab Galaxy A turkumidagi biror yangi modelda sinab ko‘radi. Manbalarga ko‘ra, aynan shunday daktiloskop birinchi marta Galaxy A10 smartfonida ishlatiladi.

To‘g‘ri, bu smartfonning taqdimot sanasi va texnik xususiyatlari borasida biror aniq ma’lumot yo‘q. Ammo janubiy koreyaliklar uni 2019 yilning yanvari boshida bo‘lib o‘tadigan CES 2019 tadbirida namoyish etishlari ham mumkin.

Bundan tashqari, internetda avvalroq tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy A turkumidagi qurilmalarga ham ilg‘or Snapdragon 845 protsessori o‘rnatiladi. Bu borada ham Galaxy A10 birinchi bo‘lishi mumkin, lekin u holda mazkur model narxi o‘rtachadan yuqoriroq bo‘ladi-yov. Hozirgacha savdoga qo‘yilgan ayrim Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda xarid qilish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!