Galaxy A10s arzon bo‘lsa-da, qo‘sh kamera, daktiloskop, 4000 mA/soatlik batareya va kuchli MediaTek chipiga ega!

  •   DiMaX
  •  8365
  •  18.07.2019 12:16

Galaxy A10s arzon bo‘lsa-da, qo‘sh kamera, daktiloskop, 4000 mA/soatlik batareya va kuchli MediaTek chipiga ega!

Samsung avvalroq o‘rta narxli smartfonlar turkumidagi eng arzon – Galaxy A10 (sotib olish) modelini taqdim etgan edi. Yaqindagina esa uning nisbatan ixcham versiyasi – Galaxy A10e telefoni namoyish etilgan, endi esa...

O‘QING: Galaxy A10s – yangi bestseller: qo‘sh kamera, daktiloskop va kuchli akkumulyator!

Hindistonlik insayder Ishan Agarval (Ishan Agarwal) kuni kecha Samsung Galaxy A10s haqidagi yangi ma’lumotlarni oshkor etdi. Unga ko‘ra, bu qurilma Galaxy A10 modelining yaxshilangan versiyasi bo‘ladi. Jumladan, standart smartfonning akkumulyatori 3400 mA/soatlik bo‘lsa, S-versiyasida bu ko‘rsatkich naq 4000 mA/soatga yetkazilgan. Shuningdek, Samsung unga qo‘shaloq – 13 + 2 megapiksellik bosh kamera joriy etayotir, selfi uchun esa 8 MPlik datchik ajratilgan.

Original modelda Exynos 7884B chipseti qo‘llangan bo‘lsa, Galaxy A10s devaysida MediaTek kompaniyasining undan kuchliroq – maksimal 2.0 GGs chastotali Helio P22 protsessori bo‘ladi. Farqlardan yana biri – yangi smartfonda barmoq izi skaneri ham qo‘llangan.

Mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy A10s yaqin orada taqdim etiladi hamda qora, ko‘k va yashil korpuslarda chiqariladi. Shu kungacha savdoga chiqqan aksariyat Samsung telefonlarini esa 619 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin. Darvoqe, onlayn do‘konimizga allaqachon dunyodagi eng innovatsion va original form-faktorga ega Samsung Galaxy A80 modeli ham yetib kelgan!

O‘QING: Galaxy A80 aylanma kamerasi sirini va sinov jarayonlarini Samsung videoda ko‘rsatib berdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!