Galaxy A11, A31 va 41'lar 64GB lik bazaviy xotiraga ega bo‘ladi

Galaxy A11, A31 va 41'lar 64GB lik bazaviy xotiraga ega bo‘ladi

Samsung'ning Galaxy A lineykasidagi gadjetlar bu yil juda ommalashdi. Endilikda esa kompaniya A11, A31 va A41 kabi yangi smartfonlari bilan 2020 yilda ham muvaffaqiyat qozonishni rejalashtirmoqda.

Ushbu gadjetlar mos ravishda SM-A115X, SM-A-315X va SM-A415X model raqamlariga ega bo‘lishi aytilmoqda. Lekin bundan-da muhimrog‘i, ularning barchasi eng kami 64GB doimiy xotira bilan ta’minlanadi.

Ortga nazar solsak ko‘rishimiz mumkinki, A10 va A30 modellarining boshlang‘ich xotira sig‘imi 32GB bo‘lgan, shuning uchun keyingi modellarda 64GB ga o‘tilishi mijozlar tomonidan iliq kutib olinishi kerak.

Infinity-O AMOLED displeyi va to‘rtburchak shakldagi kamera moduliga ega bo‘lishi aytilayotgan A51 va A71'lar renderlarini ham yaqinda ko‘rgan edik. Biroq A seriyasining quyiroq toifadagi vakillarida ham ushbu dizayn qo‘llaniladimi-yo‘qmi, bu haqda hozircha biror gap yo‘q.

Ba’zi bir mish-mishlarga ko‘ra esa, Galaxy A'ning ilk yangi modellari kelgusi oyning boshidanoq taqdim qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: Mana, Samsung Galaxy S11 qanday bo‘ladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!