Galaxy A13 4G hamda A23 smartfonlari taqdim etildi

Galaxy A13 4G hamda A23 smartfonlari taqdim etildi

Galaxy A seriyasi Samsung smartfonlari ichida eng ko‘p sotiladigan qurilmalar hisoblanadi. Bugun kompaniya Galaxy A13 hamda A23 hamyonbop smartfonlarini taqdim etdi. Ikkala model ham 4G tarmog‘ida ishlaydi. 

Samsung Galaxy A23 

Galaxy S23 avvalgi S22 modeli biroz farq qiladi. Birinchi katta o‘zgarish 6.4 dyuymli AMOLED (720x1600 piksel rezolyutsiya, 90Hz) o‘rniga 6.6 dyuymli LCD (1080x2408 piksel rezolyutsiya 60Hz) o‘rnatilgan. To‘g‘risini aytganda, ushbu model Galaxy A22 emas, balki A13 modeliga o‘xshaydi. 

O‘zgarishlar kamerada ham davom etadi. 50MP (f/1.8 diafragma) asosiy kamera o‘rniga 48MP kamera o‘rnatilgan bo‘lsa, 8MP ultrakeng kamera o‘rni esa 5MP bilan to‘ldirilgan. Qolgan 2MP sath hamda 2MP makro kamera esa o‘z joyida qolgan. Selfi kamera rezolyutsiyasi ham 13 megapikseldan 8 megapikselga kamaygan. 

Samsung qurilmaga qanday chip o‘rnatilgani haqida ma’lumot bermadi. Taxminlarga ko‘ra, bu Dimensity chipi bo‘lishi mumkin. Smartfon 4/6/8GB tezkor hamda 64/128GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Shuningdek, xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. 

Galaxy A23 modeli Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. Unga 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, 25 vattda quvvatlash mumkin. 

Samsung Galaxy A13 (4G) 

Ushbu smartfonning 5G modeli dekabr oyida taqdim etilgan edi. Yangi 4G model esa bir qancha o‘zgarishlar bilan yetib keldi. Yuqorida ta’kidlanganidek, ushbu qurilma ko‘proq A23 modeliga o‘xshaydi. 

Qurilma Exynos 850 chipi, 3/4/6GB tezkor, 32/64/128GB doimiy xotiraga ega.  165.1 x 76.4 x 8.8 mm hajm hamda 195g og‘irlikdagi smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Qurilmaga 60Hz chastotada ishlovchi 1080x2408 piksel rezolyutsiyadagi 6.6 dyuymli LCD displey o‘rnatilgan (5G modelda 720x1600 rezolyutsiya, 90Hz). Displey Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan. 

Smartfon, shuningdek, 8MP selfi kamera (5G modelda 5MP), 50MP asosiy kamera, 5MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera hamda 2MP sath kameraga ega. Asosiy hamda selfi kamera. 1080p formatda videoga olishi mumkin. 

Galaxy A13 maksimal 300 Mb/s tarmoqdan yuklash va 150 Mb/s tarmoqqa yuklash tezligiga ega. 3.5 mm audio jekka ega bo‘lgan qurilmaga 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Akkumulyatorni esa 25 vattda quvvatlash mumkin. 

Smartfonga tez orada oldindan buyurtma berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Uning narxi quyidagicha: 

4/64GB - 190 yevro

4/128GB - 210 yevro 

Hozircha Galaxy A23 modelining qanday narxda sotuvga chiqishi ma’lum emas. 

O‘QING: Galaxy S22 Ultra tirnash va bukish testida o‘z mustahkamligini ko‘rsata oldi (+video) 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!