Galaxy A13 5G'ning dizayni va texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Galaxy A13 5G'ning dizayni va texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Bir necha kun oldin Galaxy A13 5G smartfonining foydalanuvchi qo‘llanmasi internet saytlarida paydo bo‘lgan edi. 

O‘QING: realme yangi flagman smartfonni namoyish etmoqchi 

Qo‘llanma smartfonning avvalgi renderlarini aniq bo‘lganini tasdiqladi. Qurilma displeyining yuqori qismidan tomchisimon shakldagi selfi kamera o‘rin oladi.

Quvvat tugmasi bilan barmoq izi skaneri vazifasini bajaruvchi tugma hamda ovozni sozlash tugmalari smartfonning o‘ng tomonida joylashadi. USB-C porti, dinamik hamda 3.5mm audio jek esa pastki qismdan o‘rin oladi. 

Orqa panelda 50MP asosiy kamera bilan birga 5MP va 2MP qo‘shimcha kameralar hamda LED chirog‘i joylashadi. Smartfon shu yilning oxiri yoki kelasi yilning boshida taqdim etiladi. 

Qurilma eski Android 11 hamda One UI 3 operatsion tizimida ishlaydi. Smartfon Dimensity 700 chipi bilan jihozlangan hamda uning 4/6GB tezkor xotira va 64/128GB doimiy xotiraga ega turi mavjud. 

Galaxy A13 5G smartfoni 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, uni 25 vattda quvvatlash mumkin. 

O‘QING: Chizmalar Xiaomi 12 Ultra qanday dizaynda bo‘lishini ko‘rsatib berdi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!