Galaxy A14 5G va Galaxy A23 5G narxlari ma'lum bo'ldi

Galaxy A14 5G va Galaxy A23 5G narxlari ma'lum bo'ldi

O'tgan hafta davomida o'zining Galaxy A14 5G va Galaxy A23 5G smartfonlarini Hindistonda tizer qilgandan so'ng, Samsung endi ularning narxini ham rasman tasdiqladi. Ikkala smartfonlar ham mamlakatda 18-yanvarda taqdim qilinishi kutilmoqda. 20-yanvardan esa ularni onlayn do'konlardan sotib olish mumkin bo'ladi, lekin undan avval, 18-yanvardanoq smartfonlar samsung.com saytida Live Commerce orqali sotuvga chiqadi. Ma'lum bo'lishicha, smartfonlar quyidagicha narxlarda bo'ladi.

Galaxy A14 5G

  • 4/64 GB – 16,499 hind rupiyasi (≈202 dollar)
  • 6/128 GB – 18,999 hind rupiyasi (≈232 dollar)
  • 8/128 GB – 20,999 hind rupiyasi (≈257 dollar)

Galaxy A23 5G

  • 6/128 GB – 22,999 hind rupiyasi ($281)
  • 8/128 GB – 24,999 hind rupiyasi ($306)

Galaxy A14 5G smartfoni 6,6 dyuymli 90 gerts yangilanish tezligiga ega HD+ displey, 50 megapikselli asosiy kamera, 13 megapikselli selfi kamera, Exynos 1330 chipseti va 25 Vt quvvatga ega 5 000 mA/soat akkumulyatorga ega bo'ladi.

Galaxy A23 5G esa 120 gerts yangilanish tezligiga ega 6,6 dyuymli FHD+ displeyga, OIS funksiyali 50 MP asosiy kameraga, Snapdragon 695 chipsetiga va 25 Vt quvvatga ega 5000 mA/soat batareya bilan jihozlanadi.

O'QING: Galaxy A34 5G Geekbenchʼda qo‘lga tushdi