Galaxy A20s namoyish kuni, narx va jihatlarini aytayotib, Samsung bir narsada yanglishdi

  •   DiMaX
  •  5156
  •  18.09.2019 10:30

Galaxy A20s namoyish kuni, narx va jihatlarini aytayotib, Samsung bir narsada yanglishdi

Janubiy koreyalik korporatsiyaning Galaxy A20 modeli joriy yilning ikkinchi choragida Yevropada eng yaxshi sotilayotgan smartfonlardan biri bo‘ldi. Qo‘sh kamera va ulkan batareyali mazkur qurilmani Terashop.uz onlayn do‘konimizdan ham sotib olish mumkin.

O‘QING: Samsung’ning yangi smartfoni ikki yarim baravarga qimmat – salkam 5000 dollardan sotilyapti!

Samsung endi uning yangicha versiyasi Galaxy A20s modelini namoyish etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kuni kecha Malayziyadagi qandaydir tadbirda uning asosiy texnik xususiyatlarini tor doirada ko‘rsatishgan, ammo bu mamlakatga mo‘ljallangan Samsung saytida ham u hali chiqmagan.

Kompaniya mana bu stendda ko‘rsatishicha, Galaxy A20s, Galaxy A30s hamda Galaxy A50s modellari 21 sentyabrdan sotib olish mumkin bo‘ladi:

Ushbu smartfonlar narxlari Malayziya pul birligi – ringgit bilan ko‘rsatilgan, ular tegishlicha 167, 215 va 311 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Yirik smartfon bozorida Samsung allaqachon uchinchi o‘rinda. Undan zo‘rlari kimlar?

Shuningdek, endi Galaxy A20s xususiyatlarini ishonch bilan aytish mumkin, ishlab chiqaruvchi ularni Galaxy A20 jihatlari bilan solishtirib ko‘rsatgan. Demak, yangi smartfon diagonaliga 6,5 dyuymlik, HD+ sifatidagi IPS-displey bilan jihozlanmoqda. Taqqoslash uchun: Galaxy A20 modeli diagonaliga 6,4 dyuymlik AMOLED-ekranga ega.

Galaxy A20s protsessori – Snapdragon 450, tezkor va ichki xotira hajmi tegishlicha 3 va 32 gigabaytlik. Bosh kamerasi endi uch modulli bo‘lgan – 13 va 5 megapiksellik datchiklar yoniga 8 megapiksellik sensor ham qo‘shilgan, unga keng burchakli ob’yektiv biriktirilgan. Selfilar uchun esa ekran tepasidagi kemtikka 8 megapiksellik old kamera o‘rnatilgan.

Ammo Samsung mazkur namoyishda bitta xatoga yo‘l qo‘ygan: ikkita smartfonni qiyoslayotib, Galaxy A20 batareyasi 3400 mA/soatlik ekanini Galaxy A20s modelida bu ko‘rsatkich 4000 mA/soatgacha kattaytirilganini aytgan. Aslida esa Galaxy A20 akkumulyatori ham 4000 mA/soatlik.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa Samsung’ning hozirgacha global bozorga chiqarilgan har xil telefonlarini 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga sotib olish mumkin.

O‘QING: Samsung endi Galaxy S hamda Galaxy Note turkumida boshqa smartfon chiqarmaydi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!