Galaxy A22 5G hamda Galaxy A22 4G suratlari va xususiyatlari chiqdi

  •   DiMaX
  •  738
  •  17.05.2021 09:49

Galaxy A22 5G hamda Galaxy A22 4G suratlari va xususiyatlari chiqdi

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi eng arzon Samsung telefoni hozir Galaxy A32 5G bo‘lib turibdi. Lekin kompaniya Samsung Galaxy A22 (yoki Galaxy A22 5G) rusumli smartfon ham tayyorlamoqda.

O‘QING: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A22’ni har tomonidan ko‘rsatishdi!

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A22 smartfonini Samsung ikki xil – 5G hamda 4G versiyalarda tayyorlamoqda, ularning dizayni oddiy va o‘zaro o‘xshash. 91mobiles nashri ularning render suratlari hamda ayrim texnik xususiyatlarini e’lon qildi.

Samsung Galaxy A22 4G modelida diagonaliga 6,4 dyuymlik AMOLED-ekran qo‘llangan, uning tasvir uzatishi HD+ formatida, kadr yangilanish chastotasi esa 60 gerslik.

MediaTek Helio G80 protsessorli Galaxy A22 4G old kamerasi 13 megapiksellik bo‘lib, displeyning U shaklidagi o‘yig‘iga joylangan. Uning bosh kamerasi to‘rtta – 48, 5, 2 va 2 MPlik sensorlarni o‘z ichiga olgan va kvadratsimon blokdan pastda fotochaqnoqqa ko‘zimiz tushadi. Mazkur smartfon korpusining qalinligi 8,5 millimetr, vazni esa 185 grammni tashkil etadi.

O‘QING: Atigi 100 dollarlik shu yangi smartfonning daktiloskopi qayerida, deb o‘ylaysiz?

4G-versiyasidan farqli ravishda, Samsung Galaxy A22 5G modelida bosh kamera uchta (48, 5 va 2 MPlik) datchikdan iborat va fotochaqnoq ham kvadratsimon umumiy blokka joylangan. Uning old kamerasi uchun ekranida o‘yilgan tirqish ko‘proq V shaklini eslatadi:

Samsung o‘zining eng arzon 5G-smartfoni bo‘lgan ushbu qurilmasi ekranida AMOLED paneli o‘rniga IPS matritsasini ishlatgan. Uning apparat ta’minoti asosini MediaTek Dimensity 700 chipseti tashkil etadi.

Ushbu modelning korpusi sal qalinroq (9 mm) va og‘irroq (205 gramm). Har ikkala smartfonda 15 vattlik tezkor quvvat oluvchi 5000 mA/soatlik akkumulyator qo‘llangan.

O‘QING: Samsung Galaxy A22 5G Geekbench'da ko‘rinish berdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!