Galaxy A23 5G'ning narxi ma’lum bo‘ldi

Galaxy A23 5G'ning narxi ma’lum bo‘ldi

Samsung kompaniyasi shu yilning mart oyida Galaxy A23 4G modelini taqdim etgan edi. Ushbu qurilma boshqa kompaniyalarning smartfonlari bilan raqobatlasha olmadi. Shuning uchun Samsung endi uning 5G versiyasini taqdim etadi.

A23 5G modeli Snapdragon 695 chipi bilan jihozlanadi. Uning Yevropadagi narxi ma’lum bo‘ldi. Narxga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, kompaniya raqobat bo‘yicha yana muammolarga duch kelishi mumkin.

Qurilmaning 64GB xotiraga ega bo‘lgan turi taxminan 300 yevrolar atrofida sotuvga chiqadi. Smartfon 25 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Unda Bluetooth 5.0, NFC va microSD kartasi uchun uya mavjud bo‘ladi. 

Smartfon 5G tarmog‘i yaxshi ishlaydigan mamlakatlar - Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlari, Hindiston hamda Janubiy Koreyada sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Galaxy Unpacked'ning yangi treyleri egiluvchan smartfonlar tekislariga qaraganda yaxshiroq ekanini aytadi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!