Galaxy A23 yangi xususiyat bilan taqdim qilindi!

Galaxy A23 yangi xususiyat bilan taqdim qilindi!

Samsung o'zining Galaxy A23 smartfonini shu yil boshida Amerika va Yevropa bozolari uchun chiqargan edi. Bugunga kelib esa kompaniya uning yangi versiyasini Yaponiyada taqdim qildi.

Samsung Galaxy A23 5G yaponcha versiyasi IP68 sertifikatiga ega ekanligi bilan o'ziga xos hisoblanadi. Qolaversa, ushbu model kichikroq, ya'ni 5.8 dyuymli TFT LCD HD+ ekranga ega va uning yuqori markazidan 5 MP selfi kamera joy olgan. Orqa tomonda smartfonga 50 megapikselli kamera o'rnatilgan bo'lsa, yon tomonida barmoq izini aniqlash skaneri telefonni Yoqish tugmasi bilan integratsiyalashtirilgan.

Qurilma MediaTek'ning Dimensity 700 chipseti bilan jihozlangan bo'lib, u 4 GB operativ va microSD bilan kengaytirish mumkin bo'lgan 64 GB doimiy xotira bilan Android 12'ga asoslangan One UI 4.1 versiyasida ishlaydi. Uning 4,000 mA/s batareyasini 15 Vt tezlikda zaryadlash mumkin. Qo'shimchasiga smartfonda naushnik uyasi, hamda, NFC mavjud. O'z nomidan ma'lumki, smartfon 5G xususiyatiga ega, qolaversa u eSIM'ni qo'llab-quvvatlaydi.

Galaxy A23 5G yapon bozoriga oq, qora va qizil ranglarda 32,800 iyen (deyarli 2 million 600 ming so'm) narxda sotuvga chiqariladi.

O'QING: Galaxy A54 uchlik kamera bilan sifatli renderlarda ko‘rsatildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!