Galaxy A23'ga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi

Galaxy A23'ga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi

Samsung shu yilning iyun oyida 48MP kameraga ega bo‘lgan Galaxy A22 smartfonini taqdim etgan edi. Endi kompaniya ushbu smartfonning yangi avlodi - Galaxy A23'ni taqdim etmoqchi. 

GalaxyClub bergan ma’lumotlarga ko‘ra, xuddi A22 kabi A23 ham 4G va 5G versiyalarda sotuvga chiqadi. Biroq barcha hudud bozorlarida ham smartfonning ikkala versiyasi sotilmasligi mumkin. 

Qurilma 50MP asosiy kamera hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Hozircha smartfonning qolgan texnik jihatlari hamda qachon sotuvga chiqishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

O‘QING: Galaxy S22 va S22+ smartfonlari kamerasining to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!