Galaxy A31 hattoki ommabop Galaxy A51’dan ham kuchli bo‘lyapti! Lekin...

  •   DiMaX
  •  4981
  •  05.03.2020 10:03

Galaxy A31 hattoki ommabop Galaxy A51’dan ham kuchli bo‘lyapti! Lekin...

Samsung avvalroq o‘rta narxli smartfonlar turkumidagi Galaxy A51 modelini taqdim etgan edi. U anchadan beri dunyo bo‘yicha eng ommabop smartfonlar reytingidan tushmay kelayotir.

O‘QING: Qiyos: Galaxy A51 vs Galaxy A50

Kompaniya ushbu seriyaning navbatdagi vakillarini ham taqdimotga tayyorlamoqda; jumladan – Galaxy A31 kuni kecha Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan. Bu smartfon yakka yadroli testda 349 ball, ko‘p yadroli imtihonda esa 1291 ball olishga erishgan:

Bu yerda, benchmark testi natijalaridan tashqari, smartfonning texnik xususiyatlari ham e’tiborga loyiq. Samsung ushbu modelida o‘zining Exynos protsessorlarini emas, balki tayvanlik chipsoz – MediaTek kompaniyasining mahsulotini qo‘llabdi. Aniqrog‘i, bu – dastlab Helio P65 deb atalgan, keyinroq Helio G70 nomini olgan ilg‘or chipsetdir.

O‘QING: Galaxy A41 benchmarkda: Samsung uni arzon qilish uchun kutilmagan ishga qo‘l uribdi!

Aytish kerakki, 12 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlangan Helio G70 protsessori ikkita Cortex-A75 hamda oltita Cortex-A55 yadrolarini, shuningdek, Mali-G52 MC2 grafik tezlatgichini o‘zida jamlagan. AnTuTu testlari natijalariga tayanadigan bo‘lsak, mazkur chipset Galaxy A51 smartfonida qo‘llangan Exynos 9611 protsessoridan salkam bir yarim baravarga tezkor! Ya’ni, nisbatan «kichik» hisoblanuvchi Galaxy A31 modeli o‘zining «og‘a»si – kompaniyaning ommabop Galaxy A51 smartfonidan ham kuchli bo‘lishini kutishimiz mumkin.

Faqat bir tomoni xaridorlarni ikkilantirishi ehtimoli bor: MediaTek protsessorlari ayrim jihatlarigaa ko‘ra raqobatchilarning yechimlariga nisbatan pastroq yuradi. Masalan, ular originalidan tashqari – foydalanuvchilar ishlab chiqqan norasmiy (kastom) proshivkalarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Aynan shu sababli ham Helio G90T chipseti bazasiga qurilgan Redmi Note 8 Pro smartfoni kastom proshivka o‘rnatib ko‘rilganida «g‘ishtga aylanib» qolgan.

Nima bo‘lganda ham, Galaxy A31 taqdimotini va foydalanuvchilar qo‘liga yetib kelishini kutamiz.

O‘QING: O‘rta narxli Galaxy A21 surati chiqdi: Infinity-O displey, to‘rttalik kamera...