Galaxy A31 va Galaxy A41 ham baquvvat batareya, kuchli kameraga ega bo‘lyapti

  •   DiMaX
  •  2561
  •  17.01.2020 17:32

Galaxy A31 va Galaxy A41 ham baquvvat batareya, kuchli kameraga ega bo‘lyapti

Samsung yaqinda o‘rta narxli smartfonlar turkumidagi Galaxy A51 hamda Galaxy A71 modellarini taqdim etgan edi. Endi esa ushbu lineykaning navbatdagi vakillari – Galaxy A31 va Galaxy A41 telefonlarini tayyorlamoqda.

O‘QING: Galaxy M31 o‘zi arzon bo‘lsa-da, o‘rta narxli Galaxy A51 bilan bellasha oladi! («jonli» surat)

Insayderlarga ko‘ra, Galaxy A31 modelining bosh kamerasida 48 megapiksellik asosiy modul hamda 5 megapiksellik makrokamera bo‘ladi. Ya’ni, uning kamera jamlanmasi Galaxy A51 modelidagi bilan bir xil bo‘lishini aytishmoqda.

Samsung hamyonbop va o‘rta narxli smartfonlarini sig‘imdor akkumulyatorlar bilan ta’minlashda davom etadi. Jumladan, shu Galaxy A31 batareyasi 5000 mA/soatlik bo‘ladi! Taqqoslash uchun, Galaxy A30 akkumulyatorining tok sig‘imi 4000 mA/soatga teng.

Galaxy A41 modeliga kelsak, ishlab chiqaruvchi uni ham bosh kameradagi 48 megapiksellik moduldan mahrum etmaydi. Uning old kamerasi ham kuchli bo‘ladi – selfi ishqibozlariga 25 megapiksellik kamera ma’qul kelishi aniq.

O‘QING: Galaxy A11, A31 va 41'lar 64GB lik bazaviy xotiraga ega bo‘ladi