Galaxy A32 4G taqdim qilindi: 5G-versiyadan arzon, lekin unisidan ham zo‘r!

  •   DiMaX
  •  21641
  •  26.02.2021 15:13

Galaxy A32 4G taqdim qilindi: 5G-versiyadan arzon, lekin unisidan ham zo‘r!

Samsung shu yil 13 yanvarda Galaxy A32 5G rusumli yangi telefonini taqdim etgan edi. U kompaniyaning arzon 5G-smartfoni sifatida fevralning boshidan Yevropa bozoriga chiqqan.

O‘QING: O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, fevral)

Galaxy A32 5G modeli beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi Dimensity 720 protsessori asosida tayyorlangan bo‘lsa, Samsung endi uning faqat 4G standartigacha bo‘lgan aloqa tarmoqlarida ishlovchi versiyasini namoyish qildi. Galaxy A32 4G nomini olgan ushbu smartfon maksimal takt chastotasi 2.0 gigagerslik MediaTek Helio G85 chipseti bazasiga qurilgan.

Yangi smartfonning dizayni Galaxy A32 5G modelidan deyarli farq qilmaydi; biroq protsessori 5G tarmog‘ida ishlamasligini aytmasa, sherigidan yaxshiroq xususiyatlarga ega. Avvalo, bu ustunlik qurilmalar ekranida: 5G-versiyada 6,5 dyuymlik, HD+ formatli IPS-displey qo‘llangan bo‘lsa, Galaxy A32 4G modeli 6,4 dyuymlik, FHD+ formatli AMOLED-ekranga ega!

Buning ustiga, smartfonning daktiloskopi ham displeyga integratsiya qilingan (5G-versiyada – yon qirrada). Bulardan tashqari, yangi smartfonda A-seriyada ilk bor kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik ekran ishlatilgan (Galaxy A32 5G modelida – 60 Gs).

O‘QING: Android 12’ga yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining ulkan ro‘yxati

Galaxy A32 4G modelining yana bir muhim ustunligi – kamera jamlanmasida: avvalo, unda selfi sensori ekranning «U» shaklidagi kemtigiga joylangan va 20 megapiksellik aniqlikda (5G-versiyada – tomchisimon kemtikda 13 MPlik old kamera).

Yangi gadjetning bosh kamerasi ham kuchliroq: 64 MP + 8 MP + 5 MP + 5 MPlik sensorlar. Galaxy A32 5G versiyasining kvadrokamerasida esa 48 MP + 8 MP + 5 MP + 5 MPlik modullar qo‘llangan.

Galaxy A32 4G tezkor xotirasi 4/6/8 gigabaytlik, doimiy xotirasi esa 64/128 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi. Uning korpusida microSD-kartasi uchun slot ham, NFC chipi ham mavjud.

Samsung bu qurilmasini 5000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlagan va uni 15 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlagan. Shuncha afzalliklari bo‘laturib, Galaxy A32 4G ancha arzon ham – uni allaqachon 268 dollardan boshlanuvchi narxlarda sotishyapti.

O‘QING: 2020 yili dunyoda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon (Omdia reytingi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.